Navoiy viloyatining Xatirchi tumanidagi “Galabek” mahalla fuqarolar yig‘inida Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va tuman hokimligi mas’ullari, viloyat korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Xalq bilan yuzma-yuz uchrashuvda qariyb 300 nafar fuqaroning muammolari tinglandi. Unda aholining turmush tarzi va yashash sharoitini yaxshilash, hududda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar, nogiron shaxslarning muammolarini o‘rganish hamda uyushmagan yoshlarni aniqlab, ularni ish bilan ta’minlash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, Sharof Rashidov mahallasida yashovchi fuqaro Abdusalim Isroilov Xatirchi tumanidagi “Ko‘ksaroy” suv ombori qoshida manzarali hamda mevali daraxtlar ekib, dam olish maskani tashkil etish taklifi bilan chiqdi.
Tumanning Jaloyir mahallasida istiqomat qiluvchi yana bir fuqaro Odil Ortiqov o‘zi istiqomat qiladigan hududda elektr energiyasi ta’minotida muammolar borligi, transformator kerakligi, shuningdek, hududda mahalla binosi yo‘qligini aytib murojaat etdi.
Sektor rahbari tomonidan viloyat elektr tarmoqlari korxonasi va korxonaning tuman bo‘limi mas’ul xodimlariga masalaga doir tegishli topshiriqlar berildi. Mahalla binosi qurilishi hamda bu ish yuzasidan bino uchun mos er maydoni ajratilishi belgilandi.
Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar Xatirchi tumanida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘layotgani, tumanning barcha hududlarida aholining turmush tarzini yaxshilash, aholi o‘rtasidagi mavjud muammolar echimini joylarga chiqib bartaraf qilish bo‘yicha amaliy ishlar yaxshi samara berayotganligini e’tirof etdi.
Xuddi shunday sayyor qabul viloyatning Nurota tumanida ham bo‘lib o‘tdi. Aholi tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar atroflicha tinglanib, aksariyati ijobiy hal etildi.
Xususan, tumanning Istiqlol mahallasida istiqomat qilayotgan Nurmurod Madadov imkoniyati cheklanganligi sababli nogironlik aravachasi so‘radi. Fuqaroning ushbu murojaati sayyor qabul jarayonida hal etildi.
Soykechar mahallasida yashovchi Murodillo Qarshievning mahallada masjid qurish haqidagi taklifi inobatga olinib, masjid qurish uchun er maydoni tanlandi.
Sayyor qabulda viloyat va tumanlar ishchi guruhi a’zolariga fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlar ijrosini o‘z vaqtida, sifatli ta’minlab, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni hozirgi kun talabidan kelib chiqqan holda, vijdonan bajarishi lozimligi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Nuriddin RAHIMOV, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |