O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan oylari mobaynida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Bugungi kunda davlat xizmatlarining har bir turi bo‘yicha “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyili asosida aholiga 100 dan ortiq turdagi davlat xizmati ko‘rsatilmoqda.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan 5 oyi mobaynida jismoniy va yuridik shaxslarga 429 ming 500 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, shundan 21 ming 560 ta xizmat sayyor tarzda amalga oshirildi. Bu esa xizmatlarning oldingi yilning shu davriga nisbatan ancha ko‘payganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, 5 ming 760 tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatiga olingan bo‘lsa, 2 ming 641 tasi esa qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.
O‘tgan davr mobaynida aholi talablari ortib borayotgan xizmat turlari, xususan bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish bo‘yicha 37 ming 664 ta, FHDYo organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish bo‘yicha 12 ming 129 ta, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 6 ming 206 ta, kommunal (gaz, elektr energiya, ichimlik suvi) tarmoqlariga tayyor holatda ulanish bo‘yicha 7 ming 102 ta murojaat qabul qilinib, davlat xizmati ko‘rsatildi. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqini berish bo‘yicha 51 ming 925 nafar fuqaroning murojaati qabul qilingan bo‘lsa, shundan 46 ming 584 nafar fuqaroning arizasi qanoatlantirildi. Shuning hisobiga davlat byudjetiga 19 milliard 445 million 513,8 so‘m mablag‘ tushirildi.
Mana shunday ijobiy ishlar bilan bir qatorda davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi organlar tomonidan ayrim qonunbuzarlik holatlariga ham yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi. Bu bo‘yicha tegishli organlarga tavsiyanoma, ogohlantirish va ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, shundan 14 nafar javobgar shaxsga jazo chorasi qo‘llanilib, 81 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Mazkur qonunbuzarlik holatlarining aksariyati kadastr xizmati va qurilish sohasiga to‘g‘ri keladi.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |