Endi Namangan tumani aholisi davlat xizmatlarini eng so‘nggi texnologik echimlar va an’analarni mujassam etgan yangi maskandan olish imkoniga ega. Bu erda zamonaviy Davlat xizmatlari markazi foydalanishga topshirildi.
1 ming 200 kvadrat metr maydonli binoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi, hududiy adliya bo‘limi hamda Namangan tumani Davlat xizmatlari markazi joylashgan.
Markaz xodimlari tuman aholisiga tezkorlik, qulaylik va shaffoflik tamoyillariga ko‘ra 80 dan ortiq davlat xizmatlarini amalga oshiradi.
DXM o‘zidayoq FHDYo va Notarial organlari xizmatlarini va fuqarolik pasportini olish, haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish imkoni mavjud. O‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan investorlar uchun esa alohida darchalar har doim huquqiy yordam berishga va zarur xizmatlari ko‘rsatishga tayyor.
Zal bo‘ylab o‘rnatilgan belgilar davlat xizmatini olishingiz uchun qadamma-qadam yo‘naltiradi. Elektron navbat olish uchun infokiosk ishlab turibdi. Talonni olib kutish zalidagi shinam o‘rindiqlarga joylashishingiz mumkin. Monitorlar orqali esa navbatingiz kelgani haqida xabardor qilib, qaysi qabul oynasiga o‘tish kerakligi ko‘rsatiladi.
Yanada qulaylik yaratish maqsadida bu erda bolalar o‘yingohi, ona va bola hamda tibbiyot xonalari, kutubxona hamda kafe ishlab turibdi. Tashrif buyuruvchilar bepul WiFi tarmog‘idan foydalanish mumkin.
Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun tegishli aravacha va pandus o‘rnatilgan. Umuman olganda, har bir fuqaroga — alohida e’tibor, jamiyatning barcha qatlamlarining manfaatlari hisobga olingan.
Davlat xizmatlari agentligi Sizlar uchun yanada qulayliklar yaratishni davom etadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |