Javobsiz savol, yechimi boʻlmagan muammoning oʻzi yoʻq. Faqat ularning ich-ichiga kirib oʻrganish, amalda hal qilish choralarini topish kifoya.
Prezidentimizning Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi Piskent tumanidagi “Yoshlar bogʻi”da tashkil qilgan ommaviy qabul ham hayotning ayni shu oʻtkir talabidan kelib chiqqan holda aniq savollariga aniq javob olishni, shikoyatiga real yechim topilishini soʻrayotgan odamlar dardi tinglandi. Bu ularning oʻz muammosi yuzasidan mutasaddilar bilan yuzma-yuz, koʻzga tik qarab gaplashib olish uchun yana bir samarali muloqot maydoni boʻldi.
Prezident Administratsiyasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlari, Toshkent viloyatidagi sektorlar rahbarlari, viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilot mutasaddilari murojaatchilarning ariza, shikoyat va takliflarini qabul qilib, ularning muammolariga yechim izladi.
Ohangaronlik Nargiza Sulaymonova oʻzi yashayotgan “Taraqqiyot” mahallasi yoʻllari taʼmirtalabligidan shikoyat qildi. Aytilishicha, oʻtgan yili bu ishlar boshlanib, soʻng chala qolgan. Hudud aholisi shu ishlarga koʻmaklashish uchun 2018-yili 170 ming soʻmdan pul yigʻib bergan, bu yil ham yoʻl taʼmiri aholi gardaniga tushmoqda. Murojaatdan soʻng, ayni hududning yoʻllari homiy tomonidan taʼmirlanib beriladigan boʻldi.
Xurshida Rustamova Olmaliq shahrida ijarada yashaydi. 1992-yilda tugʻilgan katta oʻgʻli Gʻanisher Baxtiyorov 2-guruh nogironi. Bu ayol ham ommaviy qabulda oʻgʻlini davolatishga yordam soʻrab keldi. Shu yerning oʻzida uning muammolari oʻrganilib, hal qilinadigan boʻldi.
Pskentlik Dilafroʻz Abdunazarova ham ommaviy qabulga turmush oʻrtogʻining dardiga darmon istab keldi. Gap shundaki, uning eri suyak yemirilishidan aziyat chekmoqda. Oʻzi, roʻzgʻori tang oila buning uchun mablagʻ topa olmayapti. Ommaviy qabuldagi murojaatidan soʻng Dilafroʻz opaning muammosi hal qilinadigan boʻldi.
70 yoshdan oshgan pskentlik Zoirjon ota 2-guruh nogironi. Dard degani yosh tanlab oʻtirmaydi. Umr oʻtgan sayin koʻz nuri ketib xastalanayotgan otaxonga ham Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkent shahridagi koʻz kasalliklari shifoxonasiga yoʻllanma ajratadigan boʻldi.
Chinozlik Shoira Ashurovaning kichik oʻgʻli Yangiyoʻl tumani qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejini tamomlagan, harbiy xizmatni oʻtab kelgan. Ammo, hamon ishsiz. Ommaviy qabuldagi murojaatidan soʻng Shoira opaning mushkuli oson boʻldi.
Boʻkalik Baxtiyor Aliyevga oʻtgan yili Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasiga murojaatidan soʻng “Chovlisoy” mahallasidan 5 xonali uy ajratib berilgan, roʻzgʻorni butlashi uchun 1 ta qoramol ham berilgan edi. Ogʻir dard bilan kurashayotgan Baxtiyor aka endi nogironlikni belgilash masalasida amaliy yordam soʻradi. Viloyat sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi bu masalani oʻrganib chiqadigan boʻldi.
Yuzma-yuz, ochiq va oshkora muloqotlar yakunida jami kelib tushgan 300 dan ziyod murojaatning 64 tasi joyida hal etildi, qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan 189 ta murojaatning koʻrib chiqilishi nazoratga olindi, 51 ta murojaat boʻyicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.
Prezident Xalq qabulxonalari tashkil qilayotgan ommaviy qabullarda hal boʻlayotgan har bir muammo zamirida bir necha oilaning quvonchi, halovati, hayotdan roziligi mujassam. Aslida ham xalq bilan muloqot tizimidan – oddiy odamlar qalbiga quloq solish, ularning dard-tashvishlarini astoydil tinglash, muammolarini hal etishda amaliy yordam berish, qisqa aytganda, davlat idoralarining xalq talab va istaklari asosida ishlashiga erishishdan koʻzlangan maqsad bitta – xalqimizni hayotdan rozi qilish, ularning armonlarini ushaltirish, orzularini roʻyobga chiqarish. Adolatning esa katta-kichigi boʻlmaydi.
OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |