Qashqadaryo viloyati hokimi Kasbi tumanida Maslahat kengashi va Hoʻjahayron qishlogʻida sayyor qabul oʻtkazdi.
Kasbi tumanida Prezidentimizning 2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi yuzasidan viloyat hokimi Zafar Roʻziyev, viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi ishtirokida Maslahat kengashi majlisi tashkil etildi. Unda tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, tuman faollari, viloyat va tuman tashkilot, korxona rahbarlari qatnashdi.
Joriy yil qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan Kasbi tumani uchun muvaffaqiyatli keldi. Kasbilik mirishkorlar davlatga gʻalla sotish shartnoma rejasini ortigʻi bilan bajarib, 55 ming tonnadan ziyod ulkan xirmon yaratdi. Viloyat hokimi muvaffaqiyatlar bilan birga tumandagi mavjud kamchiliklar xususida ham toʻxtalib, ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida mahalliy byudjet hisobidan ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun 2 milliard soʻm, ichimlik suvi taʼminoti uchun 2 milliard soʻm, jami qoʻshimcha 4 milliard soʻm ajratilishini qayd etdi. Ushbu mablagʻni oqilona va toʻgʻri taqsimlash borasida mutasaddi tashkilotlarga zarur koʻrsatma va topshiriqlar berdi.
Shundan soʻng viloyat hokimi boshchiligida tashkilot rahbarlari tumandagi Hoʻjahayron qishlogʻida sayyor qabul oʻtkazdi. Aholini qiynayotgan muammolar muhokama qilindi.
Viloyat hokimi va sektor rahbarlari tomonidan oʻtkazilgan sayyor qabulda aksariyat muammolar joyida yechim topgan boʻlsa, qolganlari boʻyicha “Yoʻl xaritalari” belgilanib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari koʻrildi.
Qabul jarayonida fuqarolar asosan elektr energiya taʼminotini yaxshilash, ichki yoʻllarni taʼmirlash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun kreditlar ajratish, maktabni taʼmirlash va maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish borasida oʻz takliflarini bildirdi.
Kasbi tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 12-umumtaʼlim maktabi direktori Shomurod Sharipov maktabda qoʻshimcha sinfxonalar tashkil etish uchun amaliy yordam soʻrab murojaat qildi. Natijada muammo dastur asosida oʻz yechimini topadigan boʻldi. Mazkur mahalla raisi Narzullo Xudoyberdiyev hududda faqat bitta oilaviy bogʻcha mavjudligi, qishloq bolalari uchun maktabgacha taʼlim muassasasiga ehtiyoj borligini aytib oʻtdi. Bu masalada mazkur qishloq hududida davlat-xususiy sheriklik asosida ikkinchi yarim yillikda nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berildi.
Eʼtiborli jihati, aksariyat aholi vakillari tomonidan nafaqat oʻzi yoki oilasiga tegishli, balki mahalla, qishloq ijtimoiy hayoti bilan bogʻliq 32 ta masala oʻrtaga tashlandi.
Xususan, Hoʻjahayron qishlogʻida yashovchi Dilorom opa Hotamova va boshqalar 245 nafar bola 5-6 kilometr hududdan kelib maktabga oʻqishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani, shu sababli qishloqda maktab filiali qurish boʻyicha murojaat qildi. Bu masala kelgusi yilda dastur asosida oʻz yechimini topadigan boʻldi.
Xalq bilan muloqot hududlardagi mavjud vaziyatni puxta tahlil qilish imkonini berishi bilan ham ahamiyatlidir.
Oʻ.BAROTOV, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |