Buxoro viloyati hokimi Oʻktam Barnoyev Qorakoʻl tumanida sayyor qabul oʻtkazdi.
Tadbirda xalq taʼlimi, maktabgacha taʼlim, madaniyat, kasb-hunar taʼlimi, bandlik, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi, huquq-tartibot organlari, elektr energiyasi va gaz taʼminoti kabi boshqa koʻplab tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.
Muammolar yuzma-yuz, oshkora koʻtarilgan uchrashuvda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va oʻzlarining qonuniy manfaatlari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan 75 kishi murojaat qildi. Ularning 35 nafari bevosita viloyat rahbari tomonidan qabul qilindi.
– “Yangibozor” mahalla fuqarolar yigʻini hududida tuman markazidagi 16-bolalar musiqa va sanʼat maktabining filiali bor edi, – deydi musiqa fani oʻqituvchisi Ergash Gadoyev. – Moslashtirilgan bino talabga javob bermay qolgani sabab, oʻtgan yili buzib tashlanib, oʻrnida boshqa inshoot qurildi. Tabiiyki, filial faoliyati toʻxtab qoldi. Bu yerda shugʻullanib kelgan Yangibozor, undan olisda joylashgan Dargʻali, Jigʻachi va boshqa qishloqlarda yashovchi oʻgʻil-qizlar endilikda darsdan keyin Qorakoʻl shahridagi bolalar musiqa va sanʼat maktabiga qatnashmoqda. Yoʻl olis, har kuni bordi-keldi ancha-muncha xarajat talab qiladi. Masalaga yechim topish maqsadida qabulga keldim. Tuman hokimi Yangibozorda qurilgan binolardan birida yosh sanʼatkorlarning shugʻullanishi uchun tegishli sharoit yaratishni oʻz zimmasiga oldi. Albatta, bundan xursandmiz.
Tuman rahbari vaʼdasi vaʼdaligicha qolmasligi aniq. Chunki masala ijrosi viloyat hokimi nazoratiga olinadi. Demak, natija boʻladi. Bundan uch oy ilgari tumanda oʻtkazilgan sayyor qabulda kelgan fuqaro Matlab ota Ochilovning navbatdagi tashrifi shu bilan bogʻliq. Matlab ota oʻshanda koʻpsonli aholi yashaydigan katta Vahm qishlogʻida zamonaviy QVP qurish masalasida mahalladoshlari iltimosini hokimga yetkazgan edi. Bugun esa oqsoqol minnatdorlik bildirish uchun kelibdi. Uning aytishicha, hozirda viloyat mahalliy byudjetining prognoz koʻrsatkichidan oshirib bajarilgan mablagʻdan ajratilgan sarmoya hisobiga qishloq vrachlik punkti qurilishi tezkorlik bilan olib borilayotir.
Muayyan bir tumanda oʻtkazilayotgan sayyor qabulning hududiy chegarasi cheklanmagan. Unda viloyatning yaqin va olis hududlari fuqarolari ham murojaat qilishadi. Bu gal ham shunday boʻldi. Tadbirga qoʻshni Olot, shuningdek, viloyat markazi va Buxoro tumani aholisi vakillari kelishgan.
Umuman, sayyor qabulda fuqarolarning uy-joy, salomatlikni tiklash, yoʻllarni taʼmirlash, suv, elektr energiyasi, gaz taʼminoti, moddiy yordam kabi oʻnlab masalalarda murojaatlari qabul qilindi. Ularning 30 foizdan ziyodrogʻi joyida hal qilindi. Qolganlari nazoratga olindi.
Shu oʻrinda muhim bir jihatga eʼtiborni qaratish lozim boʻladi. Bundan uch oy ilgari ushbu tumanda oʻtkazilgan sayyor qabulda 200 dan ziyod murojaatlar roʻyxatga olingan edi. Bugungi kunda esa ular soni saksontaga ham yetgani yoʻq. Demak, ayon boʻlayotirki, hududda muammolar soni bir muncha kamayib borayotir. Xullas, sayyor qabul samaradorligi oshmoqda.
Sayyor qabul doirasida anʼanaga koʻra, aholining muayyan qismi ehtiyojlarini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega mehnat yarmarkasi va aholini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tadbirlari ham tashkil etildi.
Erkin YODGOROV, Tohir ISTATOV olgan suratlar, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |