Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziev Koson tumanidagi Esaboy qishlog‘ida sayyor qabul o‘tkazdi.
Unda sektor rahbari, viloyat tashkilotlari boshliqlari ishtirok etib, hudud aholisining murojaatini o‘rgandi. Aholini qiynayotgan muammolar xususida suhbatlashdi. Mazkur qishloq nafaqat viloyatimiz balki respublikamiz bozorlariga sabzavot mahsulotlari, xususan, sabzi etkazib berish bilan tanilgan. Sayyor qabulda viloyat hokimi ushbu mahsulotlarni etishtirish salmog‘ini yanada oshirish lozimligini e’tirof etdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan 34 ta turli mazmundagi murojaatlar tushdi. Shundan 16 tasi joyida hal etildi, 18 tasiga tegishli mas’ullar tomonidan qonuniy tushuntirishlar o‘tkazilib, mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Qabul jarayonida fuqarolar asosan elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun kreditlar ajratish, maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi, qishloq vrachlik punktini ta’mirlash borasida o‘z takliflarini bildirdi. Masalan, Koson tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Aziza Ashurova sinfxonalar uchun jihozlar etishmasligi, maktab atrofini temir panjara bilan o‘rashda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Natijada 5 ta sinfxona uchun jihoz ajratiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, aholining talabi o‘rganilib, 10 kilometr ichki yo‘llarni ta’mirlash, 1980 yillarda o‘rnatilgan 60 ta yog‘och ustunni beton ustunga almashtirish, maktabgacha ta’lim muassasasini to‘liq jihozlash, qishloq vrachlik punktini ta’mirlash bo‘yicha ham mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berildi. Tadbirkor Meli Umrzoqov bolalar suzish havzasi va sabzavot mahsulotini saqlash uchun zamonaviy sovutgich qurish uchun kredit mablag‘i ajratilishida ko‘mak so‘rab qilgan murojaati ijobiy hal etildi.
Shuningdek qabul davomida 4 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroga nogironlik aravachasi taqdim qilindi.
O‘.BAROTOV, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |