2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ohangarondagi sayyor qabulda 84 fuqaroning uy-joy bilan bogʻliq muammosi hal etildi

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida fuqarolarning muammolarini oʻrganish va ularni yechishga yaqindan koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokuror, ichki ishlar, adliya, sogʻliqni saqlash, bandlik va mehnat munosabatlari vazirlari, Davlat soliq qoʻmitasi raisi, Markaziy bank raisi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi hamda Toshkent viloyati hokimi fuqarolar bilan sayyor qabul oʻtkazdi.

 

Sayyor qabulda tegishli vazirlik va idoralarning viloyatdagi, tuman va shaharlardagi vakillari, mazkur hududlarning sektor rahbarlari, korxona va tashkilot xodimlari hozir boʻldi.

 

Qabul davomida Olmaliq, Angren va Ohangaron shaharlari, shuningdek, Ohangaron tumani, qolaversa, viloyatimizning boshqa tuman-shaharlari aholisi ishtirok etdi.

 

Jarayonda mutasaddilar tomonidan fuqarolarning asosan uy-joy buzilganda toʻlanadigan kompensatsiya, bandlik, moddiy yordam, uy-joy, pensiya va boshqa masalalar boʻyicha murojaatlari koʻrildi.

 

Davlat soliq qoʻmitasi raisi Behzod Musayev tomonidan Ohangaron shahar madaniyat va istirohat bogʻida hamda Ohangaron tumani Uvak mahallasida oʻtkazilgan sayyor qabulda 50 nafardan ortiq fuqaro hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

 

Qabul davomida soliq sohasidagi oʻzgarishlar ichimlik suvi, elektr energiyasi, ichki yoʻllar taʼmiri, yashab turgan joyiga egalik huquqini rasmiylashtirish kabi oʻnlab murojaatlarning har biri bilan manzilli shugʻullanishi, aholining har bir masalasi va muammosi atroflicha oʻrganilishi tashkil etildi.

 

Xususan, oʻtkazilgan uchrashuvda aholi va tadbirkorlik subyektlari vakillarining 29 nafaridan turli xil mazmundagi muammolarni bartaraf qilish boʻyicha murojaat tushdi.

 

Shundan, 5 murojaat joyida ijobiy hal etilib, 3 murojaat yuzasidan asosli tushuntirishlar berildi. 21 murojaat ijrosi uchun muddatlar belgilanib, tegishli tashkilot va idoralar tomonidan koʻrib chiqilishi nazoratga olindi.

 

Ohangaron tumani Uvak mahallasida boʻlib oʻtgan sayyor qabulda Birlik koʻchasi, 90-uyda istiqomat qiluvchi Abdulatif Isoqov yashayotgan uy-joyining kadastr hujjatlari tayyor boʻlsa-da, tuman kadastr xizmati tomonidan egalik huquqi berilmayotganligi boʻyicha murojaat qildi. 

 

Bu muammo nafaqat Abdulatif Isoqovning, balki shu mahallada yashab kelayotgan yana 84 nafar fuqaroni yillar davomida qiynab kelayotgani maʼlum boʻldi. Mazkur fuqarolarning uy-joyi tayyor holda boʻlgan 30 nafariga uy-joyga egalik qilish huquqini qoʻshimcha toʻlovlarsiz rasmiylashtirib berish masalasi joyida hal qilinib, qolgan 54 nafarining uy-joyi qurilishi tugallanmaganligi sababli ularning ham muammosi xuddi shunday tartibda hal etilishi nazoratga olindi.

 

Tadbir davomida Behzod Musayev Ohangaron tumanida istiqomat qiluvchi fuqarolarning uylariga kirib, ularning yashash sharoitlari bilan ham yaqindan tanishdi.

 

Uvat mahallasidagi 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabi qurilishiga homiylik asosida yordam koʻrsatilib, yangi oʻquv yili boshlangunga qadar, oʻquvchilar ixtiyoriga topshirilishi haqidagi xabar tuman aholisini xursand qildi. 

 

Bu kabi ommaviy sayyor qabullarning oʻtkazilishidan koʻzlangan asosiy maqsad, xalq bilan samimiy muloqotni yoʻlga qoʻyish, aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topishdan iboratdir.

 

X.Qodirov, OʻzA

26.07.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar