Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning navbatdagi sayyor qabuli Pastdarg‘om tumanida bo‘lib o‘tdi.
Qabulga turli masalalarda nafaqat mazkur pastdarg‘omlik, balki qo‘shni shahar va tumanlardan ham fuqarolar tashrif buyurdi. Kimdir oilaviy muammosini, kimdir mahalladoshlarini qiynab kelayotgan masalalarni o‘rtaga tashlab, unga shu erning o‘zida echim topishda amaliy yordam so‘radi.
Fuqaro Omonoy Xidirova sayyor qabulda viloyat hokimidan Pastdarg‘om tumanining Zangiboyi mahallasiga bolalar bog‘chasi qurib berishni so‘rab murojaat qildi. Onaxonning aytishicha, 5 ming nafar aholi istiqomat qilib kelayotgan mahallada haligacha maktabgacha ta’lim muassasasining yo‘qligi ishlaydigan ayollar uchun qator qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda. Ushbu murojaat mutasaddilar bilan joyida o‘rganildi va kelgusi yili mazkur mahalla hududidan bolalar bog‘chasi qurish masalasi dasturga kiritiladigan bo‘ldi.
Norcha bobo Abdurahimov Gumbaz mahallasidan o‘tuvchi Iskandari-Jag‘alboyli-Juma avtomobilь yo‘lining ta’mir talabligidan shikoyat qilib, viloyat hokimiga murojaat qildi. Bu masalaga ham shu erning o‘zida echim topilib, muammo joriy yilning o‘zida bartaraf etiladigan bo‘ldi. Mazkur masalaning hal etilishi bo‘yicha Pastdarg‘om tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi direktor o‘rinbosari Abror Ro‘ziev izoh berib, 4 K 540 Iskandari-Jag‘alboyli-Juma avtomobilь yo‘lining 5 kilometri 2012 yilda ta’mirlanganligini ta’kidladi. Hozirda qolgan 9 kilometri ham dasturga kiritilib, mablag‘ ajratilgan. Bu yo‘lda avgust oyda ta’mirlash ishlari boshlanadi va sentyabrda to‘liq asfalьt qilinadi.
Mazkur sayyor qabulda Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Pastdarg‘om tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan murojaatchi jismoniy va yuridik shaxslarga shu erning o‘zida mobilь davlat xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Bu ham o‘z o‘rnida fuqarolarning uzog‘ini yaqin, og‘irini engil qilishga xizmat qilyapti.
Sayyor qabul davomida yuzlab fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, ularni hal etish bilan bog‘liq vazifalar nazoratga olindi. Jarayonda viloyat hokimi E.Turdimov muammolarni hal etish barobarida aholini faol bo‘lishga, erlardan unumli foydalanib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga chaqirdi.
Abdulaziz Yo‘ldoshev, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |