Namangan viloyatining Norin tumanida “Obod markaz” dasturi asosida boshlangan bunyodkorlik ishlari nihoyasiga yetib, dasturda koʻzda tutilgan loyihalar foydalanishga topshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 28-fevral – 1-mart kunlari Namangan viloyatiga tashrifi viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yangi istiqbollarni ochdi. Davlatimiz rahbari tomonidan Namangan iqtisodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, undan samarali foydalanish, xorijiy sarmoyalarni jalb qilgan holda sanoatni rivojlantirish masalalari bilan bir qatorda hududlarni obod qilish, aholining turmush madaniyati va farovonligini oshirish borasida ham qator vazifalar belgilab berildi.
Shunga muvofiq “Obod markaz” dasturi ishlab chiqilib, viloyatning barcha tumanlarida maʼmuriy markazlar qiyofasini tubdan oʻzgartirish boʻyicha keng koʻlamli bunyodkorlik ishlariga kirishildi va ayni paytda joylarda ishlar qizgʻin davom etmoqda. Dastur ijrosi yakunlangan tumanlarda yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan bino va inshootlar, madaniy, ijtimoiy muassasalar, yoʻllar, infratuzilma va komumunikatsiya tarmoqlari bayramona tarzda foydalanishga topshirilmoqda.
Iyul oyining birinchi haftasida Namangan tumani markazi – yangilangan Toshbuloq shaharchasida boʻlib oʻtgan shunday tantanalar sururining ohori toʻkilmay turib, mana butun viloyat ahlining eʼtibori Norin tumaniga koʻchdi. Norin tumani markazi Haqqulobod shaharchasida ham “Obod markaz” dasturi asosida 2 ta madaniyat va istirohat bogʻi, 7 ta yoʻl, 10 ta koʻp qavatli turar joy binosi, 12 ta savdo va maishiy xizmat shohobchasi, 2 ta sanoat korxonasi, 7 ta ijtimoiy muassasa va boshqa 16 ta obyektda rekonstruksiya, qurilish-taʼmirlash ishlari bajarildi.
Jumladan, tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi, Davlat xizmatlari agentligi, maktabgacha taʼlim muassasasi, amfiteatr va Haqqul ota maqbarasi hamda tadbirkorlar tomonidan koʻplab savdo, maishiy xizmat hamda ishlab chiqarish obyektlari qurilib, ishga tushirildi. Tuman markazining infratuzilmaviy muammolariga barham berildi. Uzoq yillardan beri yechimi hal boʻlmayotgan yoʻllar qayta bunyod etildi. Yuqoridagi maqsadlar uchun jami 150 milliard soʻmga yaqin mablagʻ sarflandi.
Tuman madaniyat saroyida qiymati 2 milliard 700 million soʻm boʻlgan loyiha asosida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlaridan soʻng mazkur madaniyat muassasasi tom maʼnodagi madaniyat saroyiga aylandi. Haqqulobodning eng eʼtiborli joyida 2 milliard soʻm mablagʻ sarflanib barpo etilgan Xotira xiyobonida ona Vatan himoyasi uchun aziz jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga abadiy ehtirom ramzi sifatida Motamsaro ona yodgorligi oʻrnatildi.
“Uztex” korxonasi tomonidan ishchi va xizmatchilarning farzandlari uchun barpo etilgan 50-maktabgacha taʼlim muassasasi 200 nafar bolajonni oʻz bagʻriga oldi. Zamonaviy binoda kelajagimiz egalarining bilimli, zukko va sogʻlom oʻsishlari uchun barcha shart -sharoit yaratilgan. Musiqa zali, mashgʻulot xonalari, yozgi ayvonchalar, oʻyin va sport maydonchalari, suzish havzasi, oshxona tarbiyalanuvchilar ixtiyorida.
– Muassasamizda ingliz, rus tillari oʻrgatiladi, badiiy gimnastika toʻgaragi faoliyati ham yoʻlga qoʻyilgan, – deydi muassasa mudirasi M.Ergasheva. – Bilimning poydevori qanchalik mukammal boʻlsa, albatta, natija ham shunga munosib boʻladi. Biz oʻgʻil-qizlarni shunday imkoniyatlar, shart-sharoitlarga munosib tarbiyalashga harakat qilamiz.
“Obod markaz” Dasturi asosida barpo etilgan obyektlarni foydalanishga topshirishga bagʻishlangan tantanali marosim ham yangi qurilgan amfiteatr va markaziy oʻyingohda boʻldi. Tuman madaniyat uyi sanʼatkorlari, Namangan sanʼat kolleji talabalari hamda poytaxtdan taklif etilgan taniqli estrada xonandalari ishtirokidagi konsert dasturi barchaga yanada koʻtarinkilik bagʻishladi.
Darhaqiqat, bugun yurtdoshlarimizning diqqat-eʼtibori obod boʻlib borayotgan shaharu tumanlar, qishloqlaru mahallalardagi beqiyos oʻzgarishlarga qaratilgan. Kimdir biri-birini takrorlamaydigan, shaharsozlik talablariga toʻla javob beradigan, goʻzal meʼmoriy yechim asosida qurilgan inshootlar haqida hayratlanib soʻz ochsa, yana kimdir quruvchilar shijoati-yu, qalbida yasharish, yashnatish ishtiyoqi joʻsh urgan, yurt ravnaqi yoʻlidagi saʼy-harakatlarni yakdillik bilan qoʻllab-quvvatlayotgan yurtdoshlarimiz kayfiyatidan oʻzgacha ilhom olmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, bugungi islohotlar barchamizni bir maqsad yoʻlida birlashtirmoqda, desak mubolagʻa emas.
Akramjon SATTOROV, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |