2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatlar emas, muammolar kamayishi muhim

Jizzax viloyati hokimi, birinchi sektor rahbari Ergash Soliyev Gʻallaorol tumani “Madaniyat” mahalla fuqarolar yigʻinida sayyor qabul oʻtkazdi.

Sayyor qabulda viloyatdagi 4 sektor hamda hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

 

Qabul davomida fuqarolarning 115 ta murojaati tinglandi. Murojaatlarning koʻpchiligi yoʻllarni taʼmirlash, toza ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joy, tibbiy xizmat, tadbirkorlikni rivojlantirish, tijorat banklaridan kredit olishda koʻmaklashish, ishga joylashish kabi masalalar boʻyicha boʻldi.

 

Murojaatlarda bildirilgan muammoli masalalarning 8 tasi joyida hal etildi, 7 tasi boʻyicha huquqiy tushunchalar berildi. 100 ta fuqaroning 130 ta murojaati tegishli viloyat rahbarlariga ijrosini qonun doirasida oʻrganib chiqib, ijobiy hal etish uchun topshirildi.

 

Atroflicha oʻrganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan tegishli korxona, tashkilot, muassasa rahbarlariga muddat belgilanib, tegishli organlar tomonidan nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.

 

– Qangliobod qishlogʻi tumandagi aholi eng koʻp yashaydigan hududlardan biri, – deydi qishloq faxriylaridan biri Elmirza Turonov. – Viloyat hokimi sayyor qabulida qishlogʻimizda sel xavfining oldini olish, ichki yoʻllarni taʼmirlash, maktab, maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini yaxshilash haqidagi murojaatlarimizni hal qilib berdi.

 

Joriy yilning oʻtgan fevral-iyun oylari davomida viloyat hokimi, birinchi sektor rahbari tomonidan 8-marta sayyor qabul oʻtkazildi. Oʻtkazilgan sayyor qabullar davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining jami 742 ta murojaati qayd etildi.

 

Ushbu murojaatlarning 113 tasi joyida ijobiy hal etilib, 42 tasi boʻyicha koʻtarilgan muammoli masalalar yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi. 586 ta murojaatda qayd etilgan muammolarning oʻrnatilgan tartibda hal etilishini taʼminlash boʻyicha aniq muddat va masʼullar belgilanib, tegishli soha vakillari bilan birgalikda tegishli chora-tadbirlar koʻrildi.

 

Shuningdek, muayyan hududning muammosi yuzasidan bir necha fuqarolar tomonidan qilingan 33 ta murojaat boʻyicha alohida ishchi guruhlar tashkil etilib, amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

Rahbarlarning sayyor qabullar oʻtkazish bilan birga uyma-uy yurib, xonadonlardagi ahvolni oʻrganishi muammolarning yechimini topishda oʻz samarasini bermoqda.

 

Viloyat hokimi rahbarligidagi 1 sektor ishchi guruhlari tomonidan joriy yilning birinchi yarmida hududdagi 56 mingdan ziyod xonadonning ahvoli oʻrganildi. Muloqotlar davomida aholi tomonidan tuman (shahar), viloyat va respublika darajasidagi 7 ming 231 ta muammo aniqlanib, aniqlangan muammolardan 6 ming 881 tasi yoki 95 foizi tegishli tartibda bartaraf etildi.

 

Hal etilishi lozim boʻlgan, qolgan 350 ta muammo boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, ijroga yoʻnaltirildi.

 

Viloyatda aholining murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish, Xalq qabulxonalariga, sektorlarga murojaat qilib kelgan odamlarning norozi boʻlib ketmasligini taʼminlash maqsadida vazirlik, viloyat va tuman, shahar sektor rahbarlarining shaxsiy va hududlarda sayyor qabullari muntazam tashkil etilib kelinmoqda. Sektorlarda uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni oʻrganish orqali aholi muammolari aniqlanib, ular hal etilmoqda.

 

Oʻtgan davr mobaynida hududiy rahbarlar tomonidan jami 1 ming 212 marotaba ommaviy qabul oʻtkazildi. Ularda jami 10 ming 573 nafar fuqaroning murojaatlari qabul qilinib, shundan 5 ming 502 tasi yoki 52 foizi qanoatlantirildi.

 

Ishning samarasini faqat qabullar, murojaatlar, ulardan hal etilganlari sonigina belgilamaydi, albatta. Qaysi hududda muammo kam boʻlsa, oʻsha joydan murojaat ham kam boʻlishi oddiy haqiqat. Shu nuqtayi nazardan murojaatlar har bir sektor, hudud, soha rahbarining faoliyatining samarasini oʻlchovchi mezon hamdir.

 

Biroq barcha hududlarda ijtimoiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bir xilda kechmayotganidek, sayyor qabullarda koʻtarilgan muammolarni hal etishga, odamlarning talab va ehtiyojlarini uyma uy oʻrganishga hamma joyda va har doim ham yetarli eʼtibor berilayotir, deb boʻlmaydi. Baʼzi

 

 

holatlarda viloyat, tuman tashkilotlari rahbarlarining eʼtiborsizligi sabab, murojaatlardagi muammolar toʻliq oʻrganilmasdan, nomiga javoblar tayyorlanayotgani, fuqaroni qoniqtirmaydigan va masalaning hal etilishiga yordam bermaydigan tushuntirish berish kabi holatlarga ham yoʻl qoʻyilayotgani aniqlanmoqda.

 

Ushbu holatlar viloyat hokimi huzurida oʻtkazilgan idoraviy yigʻilishlarda tanqidiy muhokama qilinmoqda. Aynan shu masalalarda qattiq tanqid qilinayotgan, hatto jazolanayotganlar bor. Buning natijasida fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish va haqli talablarini qanoatlantirish faqat topshiriq bilan bajariladigan ish emas, har bir hudud, soha rahbarlarining burchi ekanligini endilikda koʻpchilik chuqurroq his etayotir.

 

Toshqul BEKNAZAROV, OʻzA

02.08.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar