Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Izboskan tumanidagi Yangi Boʻstonobod mahallasida xonadonma-xonadon yurib, mahalla ahlining hayoti, turmush tarzi bilan tanishdi. Odamlarni qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi, fuqarolar bilan muloqotlar oʻtkazdi.
Ayni kunda viloyatning chekka hududlaridan biri hisoblangan Yangi Boʻstonobod mahallasidagi 620 xonadonda 3 ming 500 nafar aholi istiqomat qilmoqda. Keyingi yillarda mahallada oilaviy tadbirkorlik, tomorqadan unumli foydalanish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Viloyat hokimi turli muammolardan aziyat chekayotgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan va boshqa masalalar boʻyicha murojaat qilgan fuqarolar bilan bevosita suhbatlashdi, mavjud muammolarni imkon qadar shu yerning oʻzida hal etdi.
Kun boʻyi davom etgan qabulda viloyat hokimi yuzlab fuqarolar bilan muloqot qildi.
– Uch nafar farzandimiz bor, turmush oʻrtogʻim mavsumiy ishlar bilan shugʻullanadi, – deydi Qurama koʻchasida yashovchi Nargiza Xaminova. – Farzandlarimiz yosh, qizim Oydinoy esa 1-guruh nogironi. Shu bois, haminqadar hayot kechiramiz. Viloyat hokimi yashash sharoitimiz bilan tanishib, oilamizga gaz plitasi va xolodilnik sovgʻa qildi. Ochigʻi, buni kutmagan edim, bunday eʼtibordan boshimiz koʻkka yetdi.
Shu kuni viloyat hokimi turmush sharoiti ogʻir boʻlgan bir qancha oilalarning uy-joylarini taʼmirlab berish boʻyicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berdi. Yaqin kunlar ichida ularning uy-joylari taʼmirlab beriladigan boʻldi.
Viloyat hokimi tomonidan kam taʼminlangan, ogʻir sharoitda yashayotgan oʻnga yaqin oilaga moddiy yordam sifatida kir yuvish mashinasi, duxovka, gaz balloni hamda turli miqdorda pul mablagʻlari berildi.
– Mahallamiz katta boʻlsada, birorta maktabgacha taʼlim muassasasi yoʻq, – deydi fuqaro Shahnoza Ismoilova. – Shu bois, viloyat hokimiga oʻz xonadonimda uy bogʻcha tashkil etish boʻyicha taklif bildirdim hamda tijorat bankidan 30 million soʻm kredit olishga koʻmaklashishini soʻradim. Hokim taklifimni maʼqullab, zarur barcha yordam koʻrsatilishi aytib, kredit olish boʻyicha bank rahbarlariga tegishli topshiriqlar berdi. Nasib etsa, yaqin kunlar ichida xonadonimizda uy-bogʻchani ishga tushiramiz.
Bogʻaro koʻchasida yashovchi Osiyoxon Olimjonova tumandagi 21-umumtaʼlim maktabining 2-sinf oʻquvchisi. Yozgi taʼtil davomida qator kitoblar oʻqigani, mutolaa qilgan kitoblarini gapirib berganligi uchun iqtidorli bu qizga viloyat hokimi noutbuk sovgʻa qildi.
Umuman, shu kuni viloyat hokimi fuqarolarning 300 dan ortiq murojaatlarining aksariyatini shu joyning oʻzida ijobiy hal etdi, 18 ta masalani hal etish boʻyicha mutasaddi idoralar rahbarlariga topshiriqlar berdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |