Chekka hududlarda yashayotgan aholining mavjud muammolarini o‘rganish va qilinayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Xorazm viloyati xokimi F.Ermanov “Nukus”, “Sarimoy”, “Gurlan”, “Hazorasp”, “Xiva” va “Xonqa” mahallalariga tashrif buyurib, sayyor qabullar o‘tkazdi.
Sayyor qabulga tashrif buyurganlar bu erda amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib, mazkur hududda yashayotgan aholining turmush tarzi bilan yaqindan tanishdi va ularni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi.
Viloyat markazidan “Nukus” mahallasigacha bo‘lgan masofa 155 km, “Sarimoy” mahallasigacha bo‘lgan masofa 165 km, “Gurlan” mahallasigacha bo‘lgan masofa 185 km, “Hazorasp” mahallasigacha bo‘lgan masofa 190 km, “Xiva” mahallasigacha bo‘lgan masofa 195 km. hamda “Xonqa” mahallasigacha bo‘lgan masofa jami 205 km.ni tashkil qiladi.
Jumladan, aholi muammolari bilan tanishish jarayonida Urganch-Toshkent avtomobilь yo‘lidan “Gurlan”, “Hazorasp”, “Xiva” va “Xonqa” mahallalariga olib boruvchi 1980 yillarda asfalьt qilingan 30 km. yo‘l yaroqsiz holga kelib qolganligi aniqlanib, mazkur yo‘lning 22 km.ni mukammal ta’mirlash rejalashtirilib, hozirgi kunda shag‘al yotqizish ishlari boshlab yuborilgan.
Shuningdek, “Nukus”, “Sarimoy”, “Gurlan”, “Hazorasp”, “Xiva” va “Xonqa” mahallalaridagi ijtimoiy ob’ektlar, ichimlik suvi muammosi va aholini qiynab kelayotgan boshqa muammolar ham o‘rganildi.
Xususan, viloyat xokimi F.Ermanov rahbarligidagi sayyor qabulda qatnashgan mutasaddi rahbarlar dastlab “Nukus” MFY hududida joylashgan 16-sonli umumta’lim maktabiga sport maydonchasi qurish, haftada ikki marta mahalliy fermerlar tomonidan aholiga 30 (o‘ttiz) ming so‘mdan go‘sht tarqatish kerakligini aytib o‘tdi. Shuningdek, baliqchilikni rivojlantirish, maktabda o‘quv fanlar bo‘yicha mutaxassis etishmayotganligi, ichimlik suvi quvurlarini ta’mirlash, eskilarini yangisiga almashtirish, oqova suv masalasini hal qilish uchun nima ishlar qilinishi kerakligi yuzasidan maslahatlar va tegishli mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
“Sarimoy” MFYda joylashgan 11-sonli o‘rta maktabda o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolar tomonidan davolanish, ishga joylashish, moddiy yordam masalalarida aholini ko‘rikdan o‘tkazish, hududga UZI apparati o‘rnatish, maktab o‘quvchilarining uzoq masofadan qatnab kelayotganliklari yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.
Xususan, mazkur qabul davomida fuqaro Jumaniyazova Hadicha davolanish, ishga joylashish, moddiy yordam masalalarida murojaat qildi. Ushbu murojaat yuzasidan viloyat xokimi tomonidan murojaat muallifining o‘g‘li Ulliboev Sardorni mazkur hududda jamoatchilik ishlariga bosh qilib qo‘yish bo‘yicha viloyat hamda tuman aholini bandlikka ko‘maklashish markazi rahbarlariga topshiriq berilib, S.Ulliboevni ishga joylashtirish masalasi joyida hal qilindi. Shuningdek, H.Jumaniyazovaning salomatligini tiklash maqsadida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariga uni viloyat tibbiyot birlashmalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish topshirildi.
Bundan tashqari Arazdurdiev Allamurodning murojaati yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Q.Tangriberdievga aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha mazkur hududga tibbiy ko‘rik mashinasini yuborish va tuman hokimiga shifokorlarni vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlash vazifasi yuklatildi.
Qolaversa, Sarimoy MFYda istiqomat qilib kelayotgan turkman xalqi nuroniylari ro‘yxatini shakllantirib, ularni viloyat “Turkman milliy markazi” bilan tanishtirish hamda viloyatning buyuk qadamjolariga sayohatga olib chiqish bo‘yicha tuman hokimi va “Nuroniy” jamg‘armasi rahbarlariga topshiriqlar berildi.
“Gurlan” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolar tomonidan quyidagi mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Jumladan, aholi o‘zlari yashab kelayotgan uylarni ta’mirlash, nafaqaga chiqish, mahallada qishloq vrachlik punkti qurish hamda uni malakali shifokorlar bilan ta’minlash va dorixona tashkil qilishda amaliy yordam berishni so‘radi. Kelib tushgan mazkur murojaatlarni ijobiy hal qilish yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
“Xiva” MFYda o‘tkazilgan sayyor qabulda mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi va aholi turmush tarzi bilan yaqindan tanishib, ularni qiynab kelayotgan muammolar eshitildi. Jumladan, fuqaro Allaberganov Muzaffar tomorqa er maydoni va kredit ajratib berishda amaliy yordam berishni so‘radi. Kredit mablag‘i ajratib berish uchun tumandagi hududga berkitilgan mas’ul bankka topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Fuqaro Nurmetov Qodirbergan hududdagi “Tuproqqal’a” maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji tugatilganligi sababli, o‘zi va kollejning boshqa oliy ma’lumotli pedagog xodimlari ishsiz qolganligini ma’lum qilib, ularni ish bilan ta’minlashda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qildi. Mazkur masala yuzasidan viloyat va tuman aholini bandlikka ko‘maklashish markazi hamda Xalq ta’limi bo‘limi rahbarlariga hamkorlikda hududdagi o‘rta ta’lim maktablarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlab, ushbu murojaatda ko‘rsatilgan talablarni qanoatlantirish va ularni mutaxassisligi bo‘yicha joy-joyiga qo‘yish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, Q.Nurmetov mahalla hududida joylashgan madaniyat uyi binosi 2015 yilda “Bog‘ot Don” AJ balansiga o‘tkazib yuborilganligi, hozirda mazkur bino ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani hamda ushbu binoni qayta madaniyat uyi qilib tashkil qilish va ta’mirdan chiqarishni so‘rab murojaat qildi. Mazkur masala yuzasidan tuman hokimiga tegishli ko‘rsatmalar berilib, binoni o‘z xoliga keltirish bo‘yicha topshiriq berildi.
“Xonqa” MFYda o‘tkazilgan sayyor qabulda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi va aholi turmush tarzi bilan yaqindan tanishib, ularni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi. Bu erda fuqaro G.Usmanova aholi xonadonlarini ichimlik suvi tarmog‘iga ulashda, F.Abdullaev elektr energiyasi kuchlanishi pastligi sababli elektr energiyasi kuchlanishini yaxshilash hamda ko‘chalarga tungi chiroq o‘rnatishda yordam berishni so‘rab murojaat qildi. Mazkur masalalar yuzasidan viloyat Tuyamo‘yin-Urganch mintaqalararo korxonasi rahbariga aholini ichimlik suvi tarmog‘iga ulanishida zarur jihozlarni etkazib berish va xonadon egalari mablag‘lari hisobidan ulab berish topshirildi. Shuningdek, tuman elektr korxonasi mutasaddilariga mahalla hududidagi transformatorlarni ko‘rikdan o‘tkazish, lozim bo‘lsa yangisiga almashtirib, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash hamda ko‘chalarga tungi chiroqlar o‘rnatish yuzasidan topshiriq berilib, nazoratga olindi.
Sayyor qabullarda jami 52 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 11 tasi joyida ijobiy hal qilinib, 41 ta murojaatni hal qilish uchun viloyat va tuman tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi hamda har bir murojaatning ijrosi alohida nazoratga olindi. Aniqlangan muammolar bajarilishi yuzasidan tegishli “yo‘l xarita”lari ishlab chiqilib, tumandagi “Gurlan”, “Hazorasp”, “Xiva” va “Xonqa” mahallalari 2020 yilda “Obod qishloq” davlat dasturiga kiritilishi rejalashtirildi hamda zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |