Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Rustam Xotamov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda viloyatning barcha shahar-tumanlaridan kelgan fuqarolar turli masalalardagi murojaatlari bilan ishtirok etishdi.
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida sayyor qabul o‘tkazilayotgan maskanda tibbiy xizmat, arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi, kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi ham o‘tkazildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sayyor qabul quvonchli voqealar bilan boshlandi. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga yangi qabul qilingan 1 nafar fuqaroga fuqarolik pasporti, 7 nafar chet el fuqarosiga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.
– O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishni uzoq yillardan buyon kutib kelayotgandim, – deydi Hamroxon Sobirjonova. – Mana bugun maqsadimga erishdim, qo‘limda fuqarolik pasporti turibdi, judayam baxtiyorman. Bizning iltimosimizni inobatga olib, fuqarolik bergan Yurtboshimizdan behad minnatdormiz.
Sayyor qabul jarayonida fuqarolarning 67 ta murojaatlar eshitilib, undan 44 tasi joyida ijobiy hal etildi. 22 ta murojaat bo‘yicha esa tegishli chora-tadbirlar va muddatlar belgilandi.
Rishtonlik mehnat faxriysi Muazzamxon Hamralieva bir necha yillardan beri salomatligidagi muammolar tufayli aziyat chekadi. Davolanish uchun order olishda qiynalayotgan onaxonning muammosi sayyor qabulda o‘z echimini topdi.
Qabul jarayonida ehtiyojmand fuqarolarga nogironlik aravachalari, eshitish moslamasi, zarur uy-ro‘zg‘or jihozlari berilgani ham ko‘pchilikni quvontirdi.
Shu kuni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Oltiariq tumani “Poloson” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi bolaligidan nogiron va ijtimoiy ko‘makka muhtoj Donyorbek Ergashev istiqomat qiladigan xonadonda ham bo‘ldi. Mazkur oilaga moddiy ko‘mak ko‘rsatildi.
M. Sulaymonov, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |