Jizzaxlik tadbirkor Umrzoq Islomov kredit olishda turli muammolarga duch kelgan. Ishi hal boʻlavermaganidan xunobi oshgan tadbirkor viloyat hokimligida sayyor qabul boʻlayotganini eshitib, shu yerga keldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida oʻtkazilgan sayyor qabulda Gʻallaorol tumani “Tijorat markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Umrzoq Islomov masʼullarga oʻz muammolari boʻyicha murojaat qildi. Tadbirkorning asosli murojaati joyida hal etildi. Yaʼni unga kredit ajratiladigan boʻldi.
Shu kuni yana koʻplab odamlar sud va hokimlik mutasaddilariga murojaat qilishdi. Koʻrib chiqilishi talab etiladigan uch kishining arizasi nazorat tartibida qabul qilingan boʻlsa yana oʻnlab fuqarolarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
Hokimlikka tashrif buyurgan fuqarolar viloyat va tumanlar hokimlarining uy-joy, kommunal xizmat koʻrsatish va obodonlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, huquqshunoslari, kadastr xodimlari, shuningdek fuqarolik va maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlar sudyalari “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi” mavzusida oʻtkazilgan seminar-treningda ham ishtirok etishdi.
Oliy sud raisining oʻrinbosari X.Yodgorov yer bilan bogʻliq huquqiy meʼyorlarni tushuntirish barobarida yerga egalik huquqi, uning qanday kafolatlangani, qanday hollarda yer olib qoʻyilishi, olib qoʻyilganda yer egalarining huquqi taʼminlanishi, yaʼni yetkazilgan zararlarni qoplash bilan bogʻliq dolzarb masalalar boʻyicha tushunchalar berdi.
Seminar yakunida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, ularni qiynayotgan masalalar va qiziqtirgan savollar boʻyicha javob berildi.
Ishtirokchilariga Oliy sud tomonidan tayyorlangan “Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyoji uchun olib qoʻyilishida rioya etilishi lozim normativ huquqiy hujjatlar” va “Koʻchmas mulk va mulk huquqi” nomli qoʻllanmalar ham tarqatildi.
OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |