2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
To‘yga to‘yona bilan...

Mustaqilligimiz bayrami shukuhi kezib yurgan shu kunlarda hududlarda yangi inshootlar foydalanishga topshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent tumanidagi Xalq qabulxonasi va davlat xizmatlari markazi tuman bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirilgani ham ana shunday xayrli ishlardan biri bo‘ldi.

 

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimligi mas’ullari, tegishli tashkilot rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va davlat xizmatlari markazlari mamlakatimizda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish, sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

 

Toshkent tumanida 205 mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotir. Davlat xizmatlari markazi tuman bo‘limi tomonidan aholiga 2018 yilda 28 mingdan ortiq xizmatlar ko‘rsatildi. 2019 yilning 6 oyida esa bu ko‘rsatkich 32 mingdan ortdi.

 

photo5400119951458675368.jpg

 

Ammo bo‘limning avvalgi binosida fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun yetarli sharoit mavjud emasligi, qolaversa markaz xizmatiga ehtiyojning muttasil ortib borayotgani zamonaviy binoga talabni yuzaga keltirdi. Ana shu ehtiyojdan kelib chiqib, zamonaviy bino barpo etildi.

 

– Bunday sharoitda ishlash xodimlar uchun ham, aholi uchun ham qo‘shimcha qulaylik, yaxshi kayfiyat ulashadi, – dedi markaz direktori Farrux Husanboev. – Ikki qavatli ko‘rkam binoning keng va yorug‘ zali, u yerda mijozlar uchun yaratilgan qulay sharoit bu yerga keluvchilarga xush yoqishi aniq. Elektron navbat, kutish zali, tibbiyot xonasi, bolalar maydonchasi tashkil etilgan. Yangi binoda bir vaqtning o‘zida 23 qabul oynasida xizmat ko‘rsatish imkoni bor. Zamonaviy jihozlangan zaldagi 3 monitorda 100 dan ortiq davlat xizmat turi yuzasidan tegishli ma’lumotlar markazga keluvchi fuqarolarga taqdim etib boriladi.

 

Bino atrofiga archaning noyob turlari va ekzotik gullar ekilib obodonlashtirildi. Muxtasar aytganda, zamonaviy dizayn va mukammal me’moriy yechim bilan qurilgan bino tuman aholisi uchun davlatimiz mustaqilligining 28 yillik to‘yiga munosib to‘yona bo‘lishi bilan bir qatorda aholining serqatnov maskaniga aylandi.

 

Yurtimiz bo‘ylab bayram shukuhi kezib yurgan ayni kunlarda davlat xizmatlari markazi Chirchiq shahar bo‘limining ham yangi binosi foydalanishga topshirildi.

 

Avazbek XUDOYQULOV, O‘zA

23.08.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar