Farg‘ona viloyati 2-sektor rahbarining navbatdagi sayyor qabuli Bag‘dod tumanida o‘tkazildi. Qabul davomida 46 nafar fuqarolarning murojaati tinglandi va 41 ta yozma murojaatlar qabul qilinib, ularning aksariyatiga shu erning o‘zida echim topildi.
Murojaatlar asosan ichimlik suvi ta’minoti, sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda kommunal masalalarga oid bo‘ldi.
Xususan, “Govxona” qishlog‘ining Tadbirkor va Qo‘shchinor ko‘chalari, “Qaroqchitol” va “Qorovultepa” qishloqlarida aholini toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji mavjudligi, ichimlik suvi tarmog‘i va nasoslar ta’mirga muxtojligi ma’lum bo‘lib, bu masalalarni ko‘targan T.Raxmonov, U.Isaqov, X.Sarimsoqova, X.Ermatovlarning murojaatlarini ijobiy xal etish choralari belgilandi.
Shuningdek, tuman markazidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi axolining murojaatiga asosan kanalizatsiya tarmoqlarini tozalash va maishiy chiqindilarni belgilangan vaqtda tashib ketishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlarining mas’uliyati oshirildi.
Sayyor qabul jarayonining o‘zida 5 nafar shaxslar ishga joylashtirildi, 2 nafariga nogironlik aravachasi, 1 nafariga eshitish uskunasi berildi, 2 nafari davolanishga yotqizildi, 2 nafariga sihatgohga bepul yo‘llanmalar berildi.
- joriy yilda xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha oliy o‘quv yurtini tamomlagan bo‘lsamda, hozirga qadar ishga joylasha olmadim. Sayyor qabul davomida murojaatim ijobiy hal etilib, maktabga ishga joylandim, - deydi “Churindi” qishlog‘ida M.Alijonova.
- buzilishga tushgan savdo do‘konim o‘rniga tuman hokimligi tomonidan er maydoni ajratilmagani haqida murojaat qildim. Murojaatim tegishli tashkilot vakillari ishtirokida ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi,- deb murojaat qildi Bag‘dod shaharchasida yashovchi B.Mirzaqulov.
Shu bilan birga, viloyat prokurori tomonidan kam ta’minlangan oilalarning xonadonlariga borildi.
Xususan, fuqaro Z.Usmonovaning xonadoniga borilganda, oilada 4 nafar fuqarolar istiqomat qilishi, o‘zi va qizi M.Ubaydullaeva ishsizligi, ikki nafar farzandi maktab o‘quvchisi ekanligi, oila Z.Usmonovaning yollanma mehnati orqali kun kechirayotganligi, yashash uyi 1959-yilda qurilgan bo‘lib, ta’mirga muxtojligi ma’lum bo‘ldi.
O‘rganish davomida, ikki xonadondan iborat yashash uyi qurish masalasini ko‘rib chiqish haqida mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilib, Z.Usmonova va qizi M.Ubaydullaevalarni ishga joylashtirilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, F.Isaqovaning yashash xonadoni o‘rganilganda, xonadonda
2 nafar farzandlari bilan birga yashab kelayotganligi, F.Isaqova kasalligi, qizi D.Isaqova ishsizligi, o‘g‘li I.Raximberdiev nogironligi ma’lum bo‘ldi.
O‘rganish davomida, F.Isaqovani yashash uyini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, o‘zini va farzandini davolash chora-tadbirlari belgilanib, qizi D.Isaqovaga bepul tikuv mashinasi berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |