2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obod bo‘layotgan qishloqlarga yaponiya texnikasi jalb etiladi

Obod bo‘layotgan qishloqlarga yaponiya texnikasi jalb etiladi

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasida Yaponiya hukumatining "Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot dasturi" doirasidagi granti asosida "O‘zbekistondagi yo‘l qurilishi va ta’miri uchun Yaponiya texnikalarini beg‘araz taqdim etish" bo‘yicha hukumatlararo hujjatga imzo chekish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Prezidentimizning 2017 yil 14 fevraldagi “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi A.Abduvaliev, Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito va boshqalar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar turli yo‘nalishlarda rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat o‘rtasida erishilgan kelishuvlar muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladi. 

Mazkur loyiha asosida Yaponiyaning "Sakai Heavy Industries Ltd" kompaniyasining yo‘l qurilishi va ta’mirlashga mo‘ljallangan texnikalari olib kelinadi. Bu texnikalarni asosan "Obod qishloq" dasturi doirasida Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qishloq va ovullar ichki yo‘llarini ta’mirlashga jalb qilish ko‘zda tutilgan. 

02.06.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar