2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bosh prokuratura rahbariyati 38 marta aholi huzurida boʻldi

Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga muvofiq, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot koʻlami kengaymoqda. Prokuratura organlari ham bu jarayonda bevosita ishtirok etayotir.

Bosh prokuror tomonidan tasdiqlangan grafikka muvofiq barcha hududlarda ommaviy sayyor qabullar oʻtkazilmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga koʻra, joriy yilning iyul va avgust oylarida jami 38 marotaba, shundan 13 marotaba Bosh prokuror va 25 marotaba Bosh prokuror oʻrinbosarlari tomonidan sayyor qabullar oʻtkazildi.

Sayyor qabullarda 314 nafar fuqaro qabul qilinib, 84 nafarining murojaati qanoatlantirilgan.

Masalan, “Aral Moynaq” masʼuliyati cheklangan jamiyatining “Yoshlar kelajagimiz” dasturi asosida ajratilishi belgilangan 300 million soʻm kredit mablagʻi Moliya vazirligidagi resurs masalasidagi muammo sababli “Xalq banki” Moʻynoq filialidan ajratilmayotganligi haqidagi murojaati qanoatlantirilib, jamiyatga kredit mablagʻi olib berilishi taʼminlandi.

Yoki, “Akbar Goʻzal Rustam” masʼuliyati cheklangan jamiyatining zamonaviy tipdagi issiqxona kompleksi qurish uchun 1 ga yer maydoni ajratilishida amaliy yordam koʻrsatish haqidagi murojaati qanoatlantirilib, Urganch tumani hokimining qaroriga asosan tumanning “Gʻalaba” qishloq xoʻjaligi yer xaritasidan 1 ga yer maydoni ajratib berilishi taʼminlandi.

Bosh prokuror oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkazilgan sayyor qabullarda esa jami 2 ming 202 nafar fuqaro qabul qilinib, 587 nafarining murojaati qanoatlantirilgan.

Jumladan, 85 nafar fuqaroning yashash uyiga tabiiy gaz yetkazib berilishi, 75 nafar fuqaroga 4,6 milliard soʻm kredit ajratib berilishi, 74 nafar fuqaroning ishga joylashtirilishi, 61 nafar fuqaroga turli xil ijtimoiy yordam berilishi, 49 ta sud qarorlari ijrosi taʼminlanib, 1,2 milliard soʻmlik qarzdorlik summalari undirilishi, 45 nafar fuqaroga sogʻligʻini tiklashda amaliy yordam koʻrsatilishi, 31 nafar fuqaroning uy-joyga doir muammosi hal etilishi, 12 nafar fuqaroga yer maydoni yoki bino ajratilishi, 30 ta tergov va tergovga qadar tekshiruv materiallari, 10 ta sud qarori va 8 ta hokimlik qarori bekor qilinishi, 11 ta elektr energiyasi, 9 ta kadastr, 6 ta taʼlim va 81 ta boshqa sohalarga oid muammolar hal etilishi taʼminlandi.

Bu kabi xayrli ishlar davom etmoqda.

Muattar ROʻZIBOYEVA, OʻzA

03.09.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar