Vatanimiz Mustaqilligining 28 yillik bayrami Jizzax viloyati Doʻstlik tumanida yangi uy toʻylariga ulanib ketdi.
Tuman markazida qurib bitkazilgan har biri 24 xonadondan iborat 6 ta toʻrt qavatli, har biri 6 sotix hovlili 46 ta bir qavatli uyga jami 190 ta oila koʻchib kirdi.
Doʻstlik tumani istiqlol yillarida barcha sohalarda rivojlanishning oydin yoʻliga tushib olgan tumanlardan biri. Ayniqsa, viloyatda amalga oshirilayotgan “Ilgʻor hudud” davlat dasturi doirasida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish sohalarida ibratli ishlar qilinmoqda. Erishilayotgan yutuqlar Mustaqillik bayrami kunlarida foydalanishga topshirilgan yangi zamonaviy turar joylar, davlat idoralarining yangi binolari, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish inshootlari timsolida yaqqol namoyon boʻldi.
Alisher Navoiy nomidagi mahalla hududidagi “Yangi hayot” massivida har biri 24 xonadonli 6 ta toʻrt qavatli, ushbu mahallaning “Mingchinor” massivida har biri 3 xonali 2 sotix hovlili 46 ta bir qavatli uy bitkazilishi bilan Doʻstlik shaharchasi yanada obod va koʻrkam qiyofaga kirdi. Tumanda Vatanimiz Mustaqilligi bayramining eng katta tantanalari ham ana shu ikki yangi turar joy massivida boʻldi.
Yangi uylar birinchi navbatda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga ajratildi.
Shuningdek, bir qavatli 46 uyning 6 tasi ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj ayollarga berilib, boshlangʻich toʻlovi Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari hisobidan toʻlandi.
Yana bir qulaylik yangi uyga koʻchib kirgan kam taʼminlangan xotin-qizlarga tikuv mashinalari berilib, tumandagi yirik korxonalarga kasanachilik asosida ishga joylashtirildi. Bu bilan ularga doimiy daromad manbai, uyining ipoteka kreditini toʻlash imkoniyati yaratib berildi.
Bayram kunlari tumanning Bogʻzor qishlogʻidagi koʻp yillardan beri nochor holga kelib qolgan 10-sonli “Tabassum” maktabgacha taʼlim muassasasi rekonstuksiyadan soʻng foydalanishga topshirilishi ham tantanali oʻtdi. Inshootning toʻliq yangilanib, 100 oʻrinli zamonaviy muassasaga aylantirganidan qishloq ahlini behad mamnun etdi.
Shuningdek, istiqlol bayrami kunlarida tumanda Davlat xizmatlari markazi, bir qator tijorat banklari tuman boʻlimlarining, tuman davlat soliq inspeksiyasining yangi binolari foydalanishga topshirildi.
– Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli faqat shaharlar emas, qishloq hududlari obod boʻlib, ulkan oʻzgarish yuz bermoqda, – deydi xalq deputatlari tuman kengashi deputati, mehnat faxriysi Doʻstmurod Qodirqulov. – Buni tumanimizning kun sayin obod va koʻrkam boʻlib, aholining turmush farovonligi oshib borayotganida koʻrib turibmiz. Axir bir yilda ikki yuzdan ziyod oilani uy bilan taʼminlash, xalqimizga xizmat qiladigan oʻnlab ijtimoiy inshootlarni qurib ishga tushirish qaysi davrda boʻlgan? Bu kunlarga yetganimizdan quvonmay boʻladimi. Xalqimiz istiqlol bayramini har qachongidan-da yuksak koʻtarinkilik, katta xursandchilik bilan nishonlayotgani boisi ham shunda.
Odamlar qalbini faxr va gʻururga toʻldiruvchi, hayotdan rozi qiluvchi bunday obodlik, bunyodkorlik, yangilanish faqat ushbu tumanga emas, viloyatning barcha hududi uchun asosiy belgiga aylanib qoldi. Keyingi yillarida bunyod etilgan, qaytadan qurilgan maktab, maktabgacha taʼlim, tibbiyot muassasalari, sport inshootlari, obod va ravon yoʻllar hudud qiyofasini tubdan oʻzgartirmoqda. Eng muhimi bu oʻzgarishlar bugungi kunidan mamnun yashayotgan, ertangi kuniga katta ishonch bilan qarshilayotgan odamlar kayfiyatida aks etayotir.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |