2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Har kim yaxshi yashashga haqli: sektor rahbari mahalla ahli muammolarini o‘rgandi

Navoiy viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Azamat Bozorov Xatirchi tumani Oqtepa mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Xatirchida ham yangi ijtimoiy ob’ektlar foydalanishga topshirilmoqda. Hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, yangilanishlar natijasida aholi kayfiyatida ko‘tarinkilik hukmron.

 

Eng muhimi, tumanda aholining turmush farovonligini oshirish, oilalarning daromad manbaini yaxshilash maqsadida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida 71 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan. Xonadonlarda issiqxona, parrandachilik, tikuvchilik, qandolatchilik, chorvachilik kabi yo‘nalishlarda samarali ishlar olib borilmoqda.

 

Sayyor qabulda tuman hokimi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xatirchi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri, tuman prokurori va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hamda viloyat tashkilotlari mutasaddilari, tumandagi korxona, tashkilot rahbarlari ishtirok etib, har bir ko‘tarilgan muammoga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratdi.

 

Xalq bilan muloqotda 70 dan ortiq fuqaro ishtirok etib, 12 fuqaro tomonidan 14 masala ko‘tarildi. Shundan 2 masala uchrashuvning o‘zida hal etilib, 12 masala nazoratga olindi.

 

Mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro Sa’dulla Jabborov mahalladoshlar nomidan hududda transformator bilan bog‘liq muammo sabab doimiy ravishda elektr energiyasidagi uzilishlar yoki kuchlanishning me’yordan past ko‘rsatkichga tushib ketishi natijasida maishiy texnikalar ishdan chiqayotganidan shikoyat qildi. Mazkur masalani tegishli tartibda ko‘rib chiqib, belgilangan muddatda hal etish uchun tuman hokimi o‘rinbosariga topshiriq berildi.

 

Oqtepa mahallasidagi 30-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Fazliddin Yo‘ldoshev muassasaning isitish tizimidagi muammoni bartaraf etishda mutasaddilardan ko‘mak so‘radi. Ayniqsa, mahalla tog‘li hududda joylashgani sabab qish erta tushishi maktabdagi bu muammoni yanada og‘irlashtiradi. Uchrashuvda mazkur masalani ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berilib, tez kunda maktabdagi muammo bartaraf etiladigan bo‘ldi.

 

– Ko‘p yillar qishlog‘imizga avtobus qatnab, aholining mushkulini oson qilib kelardi, – deydi Namoz bobo Yo‘ldoshev. – Negadir, avtobus qatnovi to‘xtadi. Ilojsiz aholi yengil mashinalarda tuman markaziga qatnaydi. Taksilar esa kunning tig‘iz vaqtlarida va tushdan keyin atayin, asossiz ravishda kira haqini ko‘tarib yuboradi. “Minsang shu, minmasang o‘zing bilasan” qabilida. Bu holatni nazorat qiladigan mutasaddi shu kungacha topilmadi. Sayyor qabulda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i masalani qat’iy nazoratga olib, mas’ul tashkilotlarga taklif kiritgan holda ijobiy yechim topish xususida fikr bildirdi. Nasib etsa, Oqtepa mahallasi aholisini qiynab kelayotgan bu muammo yechim topadi.

 

– Qaynopam bir qizi bilan katalakdek uyda nochor turmush kechiradi, – deydi Dilafro‘z Abdumannonova. – Yog‘ingarchilik boshlandi deguncha tomdan chakki o‘tib, arang bahordan chiqishadi bechoralar. Qaerga murojaat qilsak, paysalga solib kelinardi. Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari qishlog‘imizda sayyor qabul o‘tkazayotganidan xabar topib, mazkur masala yuzasidan amaliy yordam so‘raganimda, darhol tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘iga topshiriq berdi. 15 kun ichida opamning boshpanasi tomi shifer bilan yopilishi aytildi. Bo‘lar ekan-ku, ehtiyojmandlarga ko‘mak berib, bechorahol oilalar dardiga malham topsa. Avvalo, Prezidentimizga ming rahmat. Mana shunday tizim yaratib, har bir oila holidan uyma-uy yurib xabar olishni yo‘lga qo‘yganidan mamnunmiz.

 

Yig‘ilishda Xatirchi tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan 2 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi va kam ta’minlangan 10 nafar fuqaroga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

09.09.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar