Suv insoniyat uchun bebaho neʼmat, tirikligimiz manbai. Suv bor joyda obodlik, farovonlik, taraqqiyot boʻladi.
Aholi, ayniqsa chekka va olis qishloqlarda yashovchilarning toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojini qondirish, ushbu yoʻnalishda yillar mobaynida yigʻilib qolgan muammolarni bartaraf etish davlatimiz tomonidan olib borilayotgani ijtimoiy islohotlarning asosiy yoʻnalishiga aylangan.
Darvoqe, xalq bilan muloqot qilishning oʻziga xos mexanizmining amalga oshirilayotgani hududlardagi muammolarni erta aniqlash hamda bartaraf etishga zamin yaratmoqda. Xususan, toza ichimlik suvi masalasida ham.
Kattaqoʻrgʻon tumani viloyatning eng yirik tumanlaridan sanaladi. Tumandagi Alijon mahallasida yashovchi koʻpsonli aholini shu paytgacha toza ichimlik suvi taʼminoti borasidagi muammo qiynab kelayotgan edi. Aholi ichimlik suvini boshqa joylardan tashib kelish yoki sotib olishga majbur edi. Bu vaqt oraligʻida fuqarolarning turli idora va tashkilotlarga qilgan murojaati ham besamar ketdi. Mahalla ahlining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Kattaqoʻrgʻon tumanidagi Xalq qabulxonasiga qilgan murojaatidan soʻng qisqa fursat ichida masala ijobiy hal etildi. Mahallada 690 million soʻm mablagʻ evaziga ichimlik suvi qudugʻi minorasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Keltirilgan toza ichimlik suvidan nafaqat Alijon mahallasi, balki mazkur hududda joylashgan Oʻyshin, Shoʻrak, Yangiqoʻrgʻoncha qishloqlarining koʻp ming sonli aholisi ham bahramand boʻlmoqda.
Xuddi shuningdek, tumanning uzoq dasht hududida joylashgan “Qorakoʻlcha” mahallasi ahlining ham koʻp yillik orzusi ushaldi. Umumiy qiymati 720 million soʻmlik ulkan suv inshooti qurilib, foydalanishga topshirildi. Mahalla ahli toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi. Ayni paytda “Qorakoʻlcha” mahallasida 904 ta xonadon boʻlib, ularda 4 ming 166 nafar aholi istiqomat qiladi. Ushbu suv inshootining ishga tushirilishi esa ularning koʻp yillik qiyinchiliklariga barham berdi.
– Qahraton qishning izgʻirinli va yozning jazirama issiq kunlarida uzoqdan suv tashib kelishning mashaqqati aholimizga koʻp qiyinchiliklar tugʻdirar edi, – deydi “Qorakoʻlcha” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Hamidulla Yodgorov. – Mana shunday muammolarning hal boʻlayotgani aholining hayotdan rozi boʻlib yashashiga xizmat qilyapti.
Ishtixon tumanining Kesovli, Yetburboy, Boqon qishloqlari aholisini ham toza ichimlik suvi muammosi yillar davomida qiynab kelayotgan edi. Olisdan suv tashib ichishning esa oʻziga xos mashaqqati bor. Mazkur qishloqlar aholisining ham tumandagi Xalq qabulxonasiga qilgan murojaati besamar ketmadi. Qisqa fursatda uchta qishloqda suv inshootlari qurilib, aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
2 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ hisobidan mazkur qishloqlarda suv minorasi qurilib, 5 kilometrga yaqin suv tarmogʻi tortildi. Shuningdek, suvni filtrlash uskunalari, qoʻshimcha transformator oʻrnatilib, himoya devorlari qurildi.
Oqdaryo tumanining Yangiravot qishlogʻi ahli ham toza ichimlik suvi kelganidan mamnun. Qishloq aholisining murojaatlaridan keyin 560 million soʻm mablagʻ evaziga suv inshooti barpo etildi. 12 kilometr uzunlikda suv tarmogʻi tortildi. Natijada 650 nafar aholi obi hayot bilan taʼminlandi. Bugun qishloqqa suv kelib, yanada fayzli va koʻrkam qiyofa kasb etmoqda.
Tumanning “Miyonqol“ mahallasidagi 756 ta xonadonda 4 ming 83 nafar aholi yashaydi. Ularning ham orzusi toza ichimlik suvi edi. Fuqarolarning murojaatlaridan soʻng bu yerda 487 million soʻm mablagʻ hisobidan suv inshooti qurilib, 1,5 kilometr tarmoq tortildi. Ushbu inshootning qurilishi bilan aholining toza ichimlik suviga boʻlgan talabi qondirildi.
Bugun xalqni yillar davomida oʻylantirib kelayotgan va yechimini kutayotgan muammolarning hal boʻlayotgani olis va chekka qishloq aholisining hayotiga yangicha mazmun olib kirayotir. Ularni hayotdan rozi boʻlib yashashi va davlatga, davlat idoralariga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |