“Nuroniy” jamg‘armasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan ikkinchi o‘qishga tayyorlangan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi.
Qo‘mita a’zolari, deputatlar, ekspertlar, O‘zbekiston nogironlar jamiyati, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari ishtirok etgan tadbirda asosiy e’tibor mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarga qaratildi.
Xususan, Prezidentimizning 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan o‘tgan vaqt davomida bu boradagi ishlar yangi bosqichga qaratildi.
Mazkur hujjatda nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari, shu bilan birga, huquqni qo‘llash amaliyotidagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishning muhim vazifalari belgilab berildi.
Ushbu qonun loyihasi parlament quyi palatasi tomonidan birinchi o‘qishda konseptual ma’qullanib, uni ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayoni qizg‘in davom etmoqda. Qonun loyihasi BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konsepsiyasi talablarini implementatsiya qilish va nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoyalash sohasida zamonaviy uslublar, xalqaro standartlarni joriy etishni nazarda tutadi.
Tadbirda Oliy Majlisning Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Mavludaxon Xo‘jaeva ushbu qonun loyihasida farmondan kelib chiqadigan vazifalar qamrab olinganini alohida ta’kidladi. Loyiha bilan nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash masalalari takomillashtirilayotganini aytib o‘tdi.
Deputatlarning fikricha, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish muhim masalalardan biridir. Shundan kelib chiqib, loyihada tibbiy-mehnat ekspertizasi va nogironlikni belgilashning shaffof, zamonaviy uslub va mezonlarini joriy etish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy, ijtimoiy yordam ko‘rsatish darajasi belgilangan. Loyihada bu kabi insonlarni o‘z vaqtida hisobga olishning samarali mexanizmlarini yaratish, nogironlikning belgilari paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab ularni kuzatib borish va qo‘llab-quvvatlash, turmush sharoitini yaxshilash choralari ko‘rilmoqda.
Davra suhbatida nogironligi bo‘lgan shaxslarning oilasi, jamiyat va davlat bilan o‘zaro aloqasini kuchaytirish, ularga to‘siqsiz muhit yaratish, yo‘lovchi transporti, ijtimoiy va boshqa infratuzilma ob’ektlaridan erkin foydalanishini ta’minlash kerakligi alohida qayd etildi. “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasining ikkinchi o‘qishga tayyorlangan matni bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Abdulaziz MUSAEV, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |