2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qulay, tezkor xizmatdan aholi mamnun

Toshkent viloyati Angren shahrining Qiziltogʻ (Krasnagorsk) shaharchasi aholisi uchun navbatdagi sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi.

Qiziltogʻ shaharchasi shahar markazidan ancha olisda joylashgan. Shaharcha aholisi elektr energiyasi, tabiiy gazga ulanish uchun texnik shart olish yoki soliq, ichki ishlar idorasidan maʼlumotnoma olish uchun Angrenga 100 chaqirim masofa bosishga toʻgʻri keladi. Tabiiyki, aholi togʻ sharoitida shuncha masofani bosib, shahar markaziga borish uchun yoʻlga koʻp vaqt sarflaydi.

 

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga sayyor xizmat koʻrsatish uchun maxsus jihozlangan avtobus yordamida uzoq hududlarga chiqish amaliyoti bu kabi ovoragarchiliklarga chek qoʻymoqda. Sayyor xizmat koʻrsatish xalqning uzogʻini yaqin, mushkulini oson qilish uchun markazdan ancha olis hududlarda ham aholining davlat xizmatiga boʻlgan ehtiyojini qanoatlantirmoqda. Oʻtgan sakkiz oy davomida Angren shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan chekka va olis hududlar, aholi gavjum boʻlgan joylarda 3 mingdan ortiq sayyor xizmat koʻrsatildi.

Ayni paytda Qiziltogʻ shaharchasining “Fayzobod”, “Said ota”, “Tolbuloq”, “Oydin” mahallalarida 17 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Angren shahar davlat xizmatlari markazining Qiziltogʻ shahobchasi tashkil qilingan boʻlib, hafta davomida belgilangan jadval asosida sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatib kelinmoqda.

 

Maxsus avtobusda mutaxassislar tomonidan shaharchaning 100 nafarga yaqin fuqarosiga 13 turdagi, tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish, yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruxsat berish, elektr, gaz, suv tizimiga ulanish, manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish kabi davlat xizmatlari koʻrsatildi. Jumladan, Shokirjon Bozorov gaz tarmogʻiga ulanish, Fotima Asraqulova sudlanmaganlik boʻyicha maʼlumotnoma olish, Karomat Rahmatova, Mariya Xonyakina, Nigʻmatilla Rahmatovlarga koʻchmas mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha murojaati qanoatlantirildi.

 

Shaharcha aholisiga davlat xizmati koʻrsatish uchun yoʻlga chiqqan avtobusning navbatdagi manzili masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “DONG SAN INTERNATIONAL” qoʻshma korxonasi boʻldi. Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona mahsulotining asosiy qismi xorijga eksport qilinadi. 100 nafardan ortiq mahalliy aholi ishlayotgan mazkur qoʻshma korxona ishchilari ham oʻzlariga tegishli yoʻnalishlar boʻyicha sayyor xizmatdan foydalandi.

 

Shu kuni markaz xodimlari tomonidan “DONG SAN INTERNATIONAL” qoʻshma korxonasi ishchi xodimlariga 30 dan ortiq turdagi 100 ga yaqin xizmatlar koʻrsatildi. Aholining ham vaqtini, ham naqdini tejashga xizmat qilayotgan bu kabi tezkor, qulay, shaffof va sifatli tamoyillar asosidagi sayyor tadbirlardan shaharcha aholisi mamnun boʻldi.

 

Avazbek Xudoyqulov, OʻzA

23.09.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar