2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Fargʻona viloyati hokimi chekka qishloq aholisi murojaatlarini hal etmoqda

Fargʻona viloyatining olis va chegaradosh hududi sanalgan Beshariq tumani “Chinobod” mahalla fuqarolar yigʻinida bugungi kunda 5 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Bu qishloqda qovun yetishtirish va uni saqlash boʻyicha katta tajriba toʻplangan. Joriy yilda hududdagi 18-maktabgacha taʼlim muassasasi 2 milliard 400 million soʻmlikdan ortiq mablagʻ evaziga butunlay yangitdan qurildi. Koʻplab koʻchalarning ichki yoʻllari asfalt qilinib, ichimlik suvi tortildi.

 

Viloyat hokimi Shuhrat Gʻaniyev mazkur qishloqda Oʻzbekiston, Furqat va Beshariq tumani fuqarolari uchun sayyor qabul oʻtkazdi. Sayyor qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 49 ta turli mazmundagi murojaatlar tushdi. Shundan 11 tasi joyida hal etildi, qolgani esa tegishli masʼullar tomonidan qonuniy tushuntirishlar oʻtkazilib, mutasaddilarga koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

 

– Rosti, sizlarni kirib kelishingizni kutmagandim, – deydi Topilaxon aya Qodirova. – Rahbarlarni oʻzi uyga kelib, “qanday muammo bor, tirikchilik yaxshimi” degan soʻrovini oʻzi bizga katta madad. Yoshim 93 da, Konibodomdan kelin boʻlib tushganman. Oʻn nafar farzandim bor, navara-chevaralarni sanab adogʻiga yetolmayman.

 

Shuningdek, viloyat hokimi 18-umumtaʼlim maktabida boʻlib, oʻqituvchilar va oʻquvchilar bilan suhbatda boʻldi. Maktabga kitoblar jamlanmasi tuhfa qilindi, faol oʻqituvchilar esa sovgʻalar bilan taqdirlandi. 4 –sinf oʻquvchisi Lazizbek Bahodirjonov esa Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning “Doʻppi” nomli sheʼrini oʻqib, viloyat hokimining eʼtirofiga sazovor boʻldi. Unga kompyuter sovgʻa qilindi.

 

Mazkur mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Choʻlponoy Moʻydinova yolgʻiz ikki farzandni tarbiyalamoqda. Uning uyi taʼmirga muhtoj edi. Viloyat hokimligi koʻmagida 2 xonali yangi uy qurilishiga kirishildi. Viloyat hokimi Sh. Gʻaniyev mazkur xonadonda boʻldi, Ch. Moʻydinovaga tikuv mashinasi va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

 

Shuningdek qabul davomida 3 nafar nogironligi boʻlgan fuqaroga nogironlik aravachasi taqdim qilindi.

 

Maʼsudjon Sulaymonov, M. Qodirov (surat), OʻzA

26.09.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar