Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, 4-sektor rahbari Azamat Bozorov Zarafshon shahar “Yulduz” mahalla fuqarolar yigʻinida sayyor qabul oʻtkazdi.
Darhaqiqat, sanoati jadal rivojlangan shaharda aholining turmush farovonligini oshirish, oilalarning daromad manbaini yaxshilash maqsadida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida imtiyozli kreditlar ajratilayotgani xonadonlarda tikuvchilik, qandolatchilik kabi yoʻnalishlarda oilaviy tadbirkorlik tashkil etilmoqda. Eng muhimi, aholining turmush farovonligi, madaniyati, dunyoqarashi yuksalmoqda.
Xalq bilan muloqotda 100 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, 14 nafar fuqaro tomonidan 16 ta masala koʻtarildi. Fuqarolar asosan, uy-joy, bandlik, imtiyozli kredit ajratish, kadastr, elektr energiyasi, oqava suv, yoʻl bilan bogʻliq masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Uchrashuvda 1 ta muammo boʻyicha murojaatchiga huquqiy tushuntirish berildi. Yana 15 ta masala nazoratga olindi.
Sayyor qabulda shahar prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Zarafshon shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri, hokim oʻrinbosari, shahar ichki ishlar boshqarmasi va viloyat tashkilotlari mutasaddilari, tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etib, har bir koʻtarilgan muammolarga amaliy yechim topishga alohida eʼtibor qaratdi.
Viloyat 4-sektor rahbari mutasaddilar ishtirokida oʻrgangan holda har bir muammoning qisqa muddatda hal etilishini qatʼiy nazoratga oldi. Sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolarga 60 nomdagi kitoblar tarqatildi.
Shuningdek, Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Azamat Bozorov Tomdi tumanidagi Tabiiy fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashgan maktab-internati oʻquvchilariga dars oʻtdi.
Dars avvalida mustaqillik yillarida yurtimizda erishilgan yutuqlar va bugungi kunda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida toʻxtalib oʻtdi. Oʻquvchilar sheʼrlar aytib, mustaqil yurtning baxtli farzandlari ekanligidan mamnunligini bildirdi. Maktab-internat oʻquvchilariga kitoblar jamlanmasi tarqatildi.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi
matbuot xizmati
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |