2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Davlat xizmatlar agentligi direktori: «Maqsadimiz — davlat xizmatlaridan foydalanishdagi tasavvurlarni o‘zgartirish»

Bugun davlat xizmatlari taraqqiy etayotgan, e’tiborda bo‘lgan sohalardan biridir. Shu sabab barchani qiziqtirishi mumkin bo‘lgan savollar yuzasidan agentlik direktori Xalilullo To‘raxo‘jayevga murojaat qildik.

 — Avvalo, Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini raqamlar orqali tahlil qilsak...

— Markazlar orqali 2017-yilda 120 mingga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lsa, xizmat turlari ortganligi hisobiga, joriy yilning 9 oyi davomida ko‘rsatilgan davlat xizmatlari soni qariyb 9 millionga yetdi.

Ushbu ko‘rsatkich 2018-yilning mos davriga nisbatan deyarli 3,5 baravar oshgan. Ma’lumot uchun, 2018- yilning 9 oyida 2,6 millionga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasini samarali tashkil etish uchun  joriy yilning 9 oyi mobaynida jami 24 ta normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari bo‘yicha takliflar tayyorlandi. Ya’ni, 3 ta Qonun loyihasi, 2 ta Prezident qarorlari, 15 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek 4 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlangan.

Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlarning ma’muriy reglamentlarini ishlab chiqish yakuni bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishida sansalorliklarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish maqsadida talab etiladigan hujjatlar soni 92 tadan 42 taga, xizmat ko‘rsatish muddati 225 kundan 101 kunga qisqartirishiga erishiladi.

Eslab ko‘rsangiz, faoliyatimizni boshlagan paytlarimiz Davlat xizmatlari markazlari ilgari mavjud bo‘lgan «Yagona darcha» tashkiloti binosida joylashgan bo‘lib, aksariyati tashrif buyuruvchilar sonidan kelib chiqadigan bo‘lsak talabga mutlaqo javob bermagan edi.

Biz fuqarolarga qulaylik yaratish —  oldimizda turgan vazifalardan eng yuksak bo‘lgani deb bilamiz. Davlat xizmatlari markazlarining 43 ta zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi. 120 dan ortiq har tomonlama qulay binolar qurish ishlari jadal boshlab yuborildi, yil yakuniga qadar ushbu binolarning 70 ga yaqini topshirilishi rejalashtirilgan.

— Davlat xizmatlari markazlarining yangi qiyofasi, shubhasiz, tashrif buyuruvchilarga qulaylik nuqtai nazaridan manzur keladi. Biroq, respublikamizda tog‘li va chekka hududlarda, internet tarmog‘i tezligi past bo‘lgan hududlar ham bor. Ular uchun qanday qo‘shimcha qulayliklar yaratildi?

 — To‘g‘ri ta’kidladingiz, tuman markazidan uzoqda joylashgan chekka hududlar borki, ushbu hududdagi fuqarolar har doim ham Davlat xizmatlari markazlariga kelish uchun vaqt va mablag‘ sarflashga tayyor emas. Buning uchun mahalliy davlat hokimligi organlari tomonidan tashabbusni qo‘llab-quvvatlaganliklari munosabati bilan har bir Davlat xizmatlari markazlari uchun maxsus jihozlangan avtotransport vositalari (Damas) bilan ta’minlandi. Shuningdek Turkiyaning TIKA tashkiloti hamkorligida grantlar asosida har bir hududga «mobil ofis»lar avtobuslar foydalanishga topshirildi. Bular ham olis hududlar aholisiga tezkor, qulay xizmatlarni ko‘rsatishga xizmat qilmoqda.

Tuman markazidan 100-300 km uzoqlikda joylashgan hududlardagi qishloq aholisi uchun qulaylik yaratish maqsadida 52 ta Markaz filiallari tashkil etilib, bugungi kunga qadar ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar soni 32 439 taga yetdi.

 — Agentlik tomonidan tadbirkorlar platformasi ishga tushirilgan ekan. Bu haqida batafsil to‘xtalib o‘tsak...

Buyuk «Sompanies house UK» kompaniyasi ilg‘or tajribasiga asoslangan holda, xorijiy investorlar va mamlakatimiz tadbirkorlari foydalanishlari uchun Tadbirkorlik sub’yektlari yagona davlat reyestrining barcha uchun mutlaqo ochiq bo‘lgan platformasi ishga tushirildi.

Unda hamkorlik qilishni rejalashtirayotgan tadbirkorlik sub’yektlari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni «online» rejimida olish imkoni yaratildi.

Mazkur platformada o‘z biznes-hamkorlaringiz — yuridik shaxslar  haqidagi – ya’ni, korxona nomi, ro‘yxatdan o‘tgan sanasi, ustav jamg‘armasi miqdori, korxona ta’sischilari haqidagi ma’lumotlarni bepul asosda olishingiz mumkin.

Ta’kidlash lozim, endi platformada turli parametrlar bo‘yicha global qidiruv berish funksiyasi mavjud (kompaniya nomlanishi, joylashishi, faoliyat turi va hokazo).

Ushbu platforma ishbilarmon sherikni tekshirish, uning yaxlitligi va professionalligi to‘g‘risida ishonch hosil bo‘lishi va shu bilan firibgarlik faktlarini oldini olish imkonini beradi.

Tez orada my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tkazilgan majburiyatlar, hibsga olish yoki boshqa cheklovlar, lizing majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar ham joylashtiriladi.

 — Davlat xizmatlari markazlari xodimlari nihoyatda keng turdagi xizmatlarni ko‘rsatadilar. Ular universal xodim sifatida ishlashga qanchalik tayyor? Ularni o‘qitish uchun nima qilinmoqda?

— Markaz faoliyatini boshlab yuborganlariga bor yo‘g‘i 2 yil bo‘lgan bo‘lsada, ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 37 tadan 120 taga yaqinlashib qoldi. 2020 yilga qadar Markazlarimiz orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar sonini 160 ga yetkazmoqchimiz.

Joriy yilning iyul oyida Birlashgan Arab Amirliklarining mutaxassislari bilan hamkorlikda DXM xodimlari uchun «Mamnun mijoz» treningining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘quv tadbirlari doirasida xizmat oluvchilar bilan aloqa o‘rnatishda DXM xodimlari duch kelishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlar ko‘rib chiqildi.

Xodimlarimiz malakasini yanada oshirish uchun bunday ilg‘or tajribali mutaxassislarni jalb etgan holda amaliy treninglarni tashkil etishda davom etamiz.

— Davlat xizmatlari agentligida murojaatlar bilan ishlash tizimi qanday yo‘lga qo‘yilgan?

—  Agentlik va uning hududiy tuzilmalariga 2019 yilning yanvar – sentyabr oylari davomida jami 6612 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shulardan 3358 tasi Prezident virtual qabulxonasidan, 3254 tasi bevosita jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning
2408 tasi ariza, 829 tasi shikoyat va 17 tasi takliflardan iborat.

Eng ko‘p kelib tushayotgan, tizimli, dolzarb muammolar tahlil qilinganda, ularning aksariyati bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish hamda ko‘chmas mulk ob’yetlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasidagi murojaatlarga to‘g‘ri kelganligini aniqlandi.

Bunday murojaatlarning kelib tushishining asosiy sabablari vakolatli organlar tomonidan fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal qilinmayotganligi, mansabdor shaxslar tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi, shuningdek tuman (shahar)larda komissiyaning ijobiy xulosalari olinishiga qaramasdan tuman (shahar) hokimi tomonidan mulk huquqini e’tirof etish to‘g‘risidagi qarorlarning o‘z vaqtida qabul qilinmayotganligidir.

O‘rganish davomida sohada muayyan ishlar amalga oshirilganligi bilan bir qatorda, ayrim mas’ul xodimlar tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqishda kamchilik va qonun buzilishi holatlariga ham yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Hisobot davri mobaynida jami 17 nafar xodim tomonidan aynan murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonun buzilishi holatiga yo‘l qo‘yganligi aniqlanib, aybdor xodimlarning 9 nafariga nisbatan «Jarima», 6 nafariga nisbatan «Xayfsan» intizomiy javobgarlik choralari va 2 nafariga nisbatan esa ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilgan.

— Davlat xizmatlari sohasining kelgusidagi taraqqiyoti qaysi yo‘nalishga qaratilgan?

— Hozirda fuqarolar bilan qayta aloqa o‘rnalitib, ularning fikr-mulohazalarini hamda biz statistika ma’lumotlarini yig‘ib, tahlil qilmoqdamiz. Joylarda kamchiliklar mavjud bo‘lgan nuqtalarni aniqlab, ularni bartaraf etish —biz uchun juda muhim.

Yil oxiriga qadar, har bir xizmat ko‘rsatish oynasida sifatni kompleks baholash tizimini yaratishni rejalashtirmoqdamiz.

Maqsadimiz — fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanish to‘g‘risidagi tasavvurlarini butunlay o‘zgartirish. Ushbu jarayon fuqarolar xayolida vaqt va asab ketkizish bilan bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Bu yerga kelgan Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan har bir fuqaro, ushbu maskanni mamnuniyat ila tark etishi lozim.

 

11.10.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar