Mamlakatimizda keyingi yillarda xalqning davlat idoralariga emas, davlat idoralarining xalqqa xizmat qilayotgani odamlarning bugungi hayotidan rozi bo‘lib yashashida muhim o‘rin tutmoqda.
Bu jarayonda davlat idoralari rahbarlarining olis va chekka hududlarda bo‘lib, aholi bilan yuzma-yuz ochiq muloqot qilayotgani ular duch kelayotgan muammolarning echimini topishda o‘z samaralarini berayotir. Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbarining voha qishloqlarida o‘tkazayotgan sayyor qabullarida ham aholini o‘ylantirib kelayotgan ko‘plab masalalar hal etilmoqda.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i S.Eshmatovning tog‘li Boysun tumani To‘da qishlog‘ida tashkil etgan ochiq muloqotida asosan ijtimoiy masalalar bilan bog‘liq 42 murojaat tushdi. To‘rtinchi sektor rahbari Boysun tumani hokimi A.Jo‘raev bilan birgalikda aholi o‘rtaga tashlagan bu muammolarning echimini izladi.
– Markazdan uzoq hududda yashashning o‘ziga xos qiyinchiliklari ham bor, –deydi to‘dalik M.Samadov. – Biz o‘rtaga tashlagan masalalar bir kun yoki bir yilda paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Uzoq yillar davomida yuzaga kelgan. Bugungi uchrashuvda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i va tuman hokimi bu muammolarimizni hal etishda bizga yaqindan yordam berishga bel bog‘laganini eshitib quvondik.
Viloyat markazidan 140 kilometr uzoqda joylashgan To‘da qishlog‘ida ikki mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Qishloq odamlari ichimlik suvi, elektr ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash, maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etish, xotin-qizlar va yoshlarning bandlik masalasini hal etishga ko‘maklashish kabi muhim masalalar bilan murojaat etdi.
Shu kuni 19 murojaat joyida hal etilib, muddat talab qiladigan muammolarni echish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli vazifalar berildi. Ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Shuningdek, sayyor qabul doirasida ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayrim oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, ularning farzandlariga qishki kiyim-kechak va badiiy kitoblar topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |