2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sektor rahbari aholi muammolarini oʻrgandi

Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, viloyat 4-sektor rahbari Azamat Bozorov Xatirchi tumani “Boʻgʻirdoq” mahalla fuqarolar yigʻinida tuman aholisini qiynab kelayotgan masalalarni oʻrganish va ularga yechim topish maqsadida sayyor qabul oʻtkazdi.

Xatirchi tumani ham asosan, qishloq xoʻjaligi – chorvachilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, baliqchilikka ixtisoslashgan hudud boʻlib, shu bilan birga tumanda kichik biznes va tadbirkorlik, sanoat jadal rivojlanmoqda. Tuman aholisining turmush farovonligini oshirish, hududlar infratuzilmasini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilayotir. Albatta, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar aholi kayfiyatini koʻtarish va bugunidan rozi boʻlib yashashiga xizmat qilayotir.

 

Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida, jumladan “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi asosida tuman aholisiga imtiyozli kreditlar ajratilishi natijasida, koʻplab xonadonlarda parrandachilik, chorvachilik, issiqxona tashkil etish, qandolatchilik hamda tikuvchilik kabi yoʻnalishlarda faoliyat turlari rivojlandi.

 

Xalq bilan muloqotda 100 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, 15 nafar fuqaro tomonidan 19 ta masala koʻtarildi. Shundan 5 ta masala uchrashuvning oʻzida hal etilib, 14 ta masala nazoratga olindi.

 

Sayyor qabulda tuman hokimi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xatirchi tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri, tuman prokurori, ichki ishlar boʻlimi va viloyat tashkilotlari mutasaddilari, tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etib, har bir koʻtarilgan muammolarga amaliy yechim topishga alohida eʼtibor qaratdi.

 

Xususan, mahalladagi Raʼno Raupova yolgʻiz ona boʻlib, 3 nafar farzandini voyaga yetkazmoqda. 2 nafar farzandi oliy oʻquv yurtida shartnoma asosida tahsil oladi. Shuningdek, Sojida Rahimovaning qizi ham institutda oʻqiydi. Ikki fuqaroning moliyaviy ahvoli ogʻirligi sababli, shartnoma pulini toʻlashda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi.

 

Viloyat 4-sektori rahbari va tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi ikki onaning murojaatini hal etishni oʻz zimmasiga oldi.

 

Mahallada istiqomat qiluvchi Rahmon Zaripov “Boʻgʻirdoq kelajagi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkil etgan. Korxona faoliyatini rivojlantirish uchun 17 million soʻm kredit soʻradi. Tijorat banklaridan biri fuqaroning murojaatini tegishli tartibda koʻrib chiqib, kredit ajratishda amaliy yordam koʻrsatishni oʻz zimmasiga oldi.

 

Yigʻilishda Xatirchi tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan 1 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 2 nafar fuqaroga eshitish moslamasi va 10 nafar kam taʼminlangan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

23.10.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar