Tomdi tumani Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari tumanning olis hududlari hisoblangan Keregetau, Keriz va Suketti ovullaridagi aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatdilar.
Tumandan qariyb 100 kilometr uzoqlikdagi mazkur aholi hududlarida 422 ta xonadon istiqomat qiladi.
Avtobusda har bir hudud ovul binosida, kerak bo‘lsa, uzoq aholi punktlari, fermalarigacha borib xizmat ko‘rsatildi.
Hududda 3400 nafardan ortiq fuqaroga 5 ta umumta’lim maktabi, 3 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 3 ta qishloq vrachlik punktlari aholi xizmatida.
Odamlarning davlat xizmati yuzasidan qilgan murojaatlariga mobil avtobusning o‘zida sayyor xizmat ko‘rsatildi. 69 nafar fuqaro davlat xizmatini vaqtida ovoragarchiliksiz, yo‘l yurmay, shundoq ovul fuqarolari binosida olganidan mamnun.
“Avvallari, hatto uy-joylar kadastr hujjatlarisiz qurilgan, tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tmay, soliq to‘labgina faoliyat olib borganlar, xolos. Mana endi tadbirkorning ham, fuqaroning ham yumushi oson bitmoqda. Qanchadan-qancha ariza va murojaatlar qog‘ozlarda qolib ketgandi. Endi cho‘ldagi odamlar murojaati, istagi hatto, uyma-uy o‘rganilmoqda, yechimi topilmoqda“, deydi “Keriz“ ovul fuqarolari yig‘ini raisi Alimbet Meylikulov.
Muhriddin Nurullaev
Tomdi tumani DXM direktori
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |