Sinoptiklarning maʼlumotlariga koʻra joriy yilning noyabr oyida havo harorati pasayishi kutilmoqda.
Shu bois, koʻp xonadonli uylar va ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik energiyasini yetkazib berish boʻyicha ishlar boshlab yuborildi.
Joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan issiqlik taʼminoti infratuzilmasini kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, bugungi kunda respublikamiz boʻyicha markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimi bilan 14,7 mingdan ziyod koʻp qavatli uylar qamrab olingan boʻlib, issiqlik taʼminoti tashkilotlari tasarrufida jami 633 ta markaziy va lokal qozonxonalar aholiga issiqlik energiyasini yetkazib berish boʻyicha faoliyat yuritmoqda. Aholi xonadonlariga issiqlik energiyasi 2 ming 830 kilometrdan ortiq issiqlik tarmoqlari orqali yetkazib berilmoqda.
Ekspluatatsiya jarayonini tartibga solish hamda issiqlik taʼminotining barqarorligini taʼminlash uchun obyektlarda rejaviy tarzda rejim sozlash ishlarini amalga oshirish, jihoz va quvurlardagi mavjud kamchiliklarini bartaraf etish yoʻlga qoʻyildi. Bundan tashqari, mutaxassislar tomonidan issiqlik taʼminoti tizimlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari tahlil qilinib, joriy yil sinov ishlariga meʼyoriy qoidalar asosida oʻzgacha yondashildi.
Issiqlik tarmoqlarida oʻtkaziladigan yuqori temperaturada va yuqori bosim ostida sinash ishlari oʻtgan yilga qaraganda talab etiladigan parametrlar asosida oʻtkazildi. Misol uchun yuqori bosim ostida sinash ishlari 2018-yilda oʻrtacha 8 - 9,5 atmosfera bosimida oʻtkazilgan boʻlsa, 2019-yilda 16 atmosferagacha bosim koʻtarilishiga erishildi. Natijada, issiqlik tarmoqlarida sinov muddatida 2018-yilda jami 157 ta shikastlanish aniqlangan boʻlsa, 2019-yilda bosim ostida sinov davrida 300 ta issiqlik tarmogʻini shikastlanishi aniqlandi. Ushbu sinovlar natijasida bugungi kunda 44 ta markaziy va 46 ta lokal qozonxonalar, 808 ta qozon, 631 km issiqlik tarmogʻi mukammal va joriy taʼmirlandi. Mavsumga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha belgilangan reja toʻliq bajarildi.
Ob-havoni sovib ketishini inobatga olib, joriy yilning 20-oktyabridan Mamlakatimizning shimoliy hududlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi ijtimoiy soha obyektlarida issiqlik taʼminoti yoʻlga qoʻyildi.
Gidrometeorologiya markazining maʼlumotlari asosida qolgan hududlar hamda Toshkent shahrida joriy yilning 25-oktyabridan bosqichma-bosqich ijtimoiy soha obyektlari hamda koʻp qavatli uylarga issiqlik energiyasini yetkazib berish boshlab yuborildi. Bu borada tegishli mahalliy hokimliklarning qarorlari tasdiqlandi.
Qaror ijrosini taʼminlashdan avval har bir ijtimoiy soha, koʻp xonadonli uylar va bino inshootlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini toʻliq belgilangandan soʻng amalga oshiriladi.
Xususan, birinchi navbatda ijtimoiy soha obyektlariga yaʼni sogʻliqni saqlash, umumiy oʻrta taʼlim maktablari, koʻp xonadonli uy joylar hamda boshqa bino va inshootlarga issiqlik beriladi.
Shu bilan birga issiqlik taʼminoti korxonalarida ishlab chiqilgan issiqlik energiyasini kuz-qish mavsumida uzluksiz isteʼmolchilarga yetkazishda koʻp xonadonli uylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalarini sozligi muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrishning asosiy yoʻnalishlaridan biri bu koʻp xonadonli uylarning ichki isitish tizimini tekshiruvdan oʻtkazildi.
Jumladan, hududlarda 16 ming 370 ta koʻp xonadonli uyning yertoʻla qismida joylashgan issiqlik boʻgʻinlarini taʼmirlash hamda ichki issiqlik tizimini bosim ostida yuvish ishlari amalga oshirildi. Biroq ayrim xonadonlarning ichida oʻrnatilgan isitish batareyalarini ham mavsumga tayyorlanishi talab etilmoqda. Ushbu masalada aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida maxsus brigadalar tuzilgan va ular shartnoma asosda xizmat koʻrsatmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |