2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Adliya vaziri tadbirkorlar bilan uchrashdi

Poytaxtimizda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan navbatdagi oʻtkazilgan uchrashuv tadbirkorlarning muammolarini oʻrganish va ularga amaliy yordam berish masalalariga bagʻishlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari Ruslanbek Davletov, Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Hotambek Shokirov va boshqalar mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga keng imkoniyatlar berilayotganini va bu ularning barcha sohalarda oʻz salohiyatini koʻrsatishga katta zamin yaratayotganini taʼkidladi. Ayniqsa, bunda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni muhim dasturilamal boʻlayotir.

 

Ushbu farmonga muvofiq, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Qabulxonalarda barcha darajadagi hokimliklar, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspeksiyasi, qurilish, davlat kadastri organlari, bank va boshqa tashkilotlarning hududiy organlari vakillari tomonidan tadbirkorlarning murojaatlari koʻrib chiqilib, ularga huquqiy, amaliy yordamlar koʻrsatilmoqda.

 

– Shundan kelib chiqib, ishchi guruhi tomonidan 10 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti bilan uchrashuvlar oʻtkazish rejalashtirilgan, – dedi Toshkent shahar adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Abdulhamid Omonov. – Xususan, adliya vaziri Ruslanbek Davletov rahbarligida tashkil etilgan Respublika ishchi guruhining Toshkent shahridagi tadbirkorlar bilan uchrashuvidan maqsad muammolarni oʻrganish hamda huquqiy va amaliy yordam berishga qaratilgan. Uchrashuv jarayonida 60 dan ziyod murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaatlar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga yer uchastkasi va kredit ajratish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, buzilgan imoratlarga nisbatan kompensatsiya toʻlovlarini undirish hamda bojxona va soliq toʻlovlari bilan bogʻliq masalalardir.

 

Taʼkidlash kerakki, uchrashuv poxtaxtimizdagi “International House-Tashkent” akademik litseyida Bektemir, Yashnobod, Mirobod, Yakkasaroy, Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod tumanlari tadbirkorlari uchun tashkil etildi. Kunning ikkinchi yarmida esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida oʻtkazilgan tadbirda Shayxontohur, Chilonzor, Sergeli, Uchtepa va Olmazor tumanlari tadbirkorlari ishtirok etdi.

 

– Bugungi uchrashuvdan koʻrinib turibdiki, davlatimiz biz, tadbirkorlarni har jihatdan qoʻllash va yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatishga eʼtibor qaratmoqda, – dedi Sergeli tumanidagi “Pulpand paper” korxonasi direktori Ramziddin Bahriddinov. – Shu kunning oʻzida qanchadan-qancha tadbirkorlarning mushkuli oson boʻlayotganiga guvoh boʻldim. Bizning korxona sanitar-gigiyenik qogʻozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Korxona oyiga 200-300 tonna mahsulot tayyorlaydi. Uning 80 foizi eksportga yoʻnaltirilgan. Mahsulotimizga talab ortganini inobatga olib, yangi texnologiya sotib olishga kirishdik. Ushbu uskuna 3 million dollarni tashkil etadi. Eʼtiborli jihati, hozir amaldagi uskuna kuniga 10 tonna qogʻoz ishlab chiqarsa, yangisi esa 40-50 tonna ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Ayni chogʻda uskunaning bir qismini olib keldik. Ikkinchi qismining olib kelinishiga yana biroz muddat bor. Bu ishlar uchun bankdan 1,5 million dollar kredit olganmiz. Yigʻilishda olgan kreditning muddatini uzaytirishga yordam soʻradim. Ishchi guruh bu masalada yordam beradigan boʻldi.

31.10.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar