2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Chortoq obod ekoshaharga aylanadi

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Jahon bankining Rozanna Nitti boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Viloyat hokimligining axborot xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, nufuzli mehmonlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasiga kiritilgan Chortoq shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi muhokama qilindi.

 

Jumladan, loyihani takomillashtirish, loyihadan o‘rin olishi ko‘zda tutilgan ob’ektlar, Jahon banki loyiha guruhi tomonidan bildirilayotgan takliflarni mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib umumiy konsepsiyaga moslashtirish, Chortoq shahrining bosh rejasi tumanni tibbiyot va sihatgohlar turizmi rivojlangan ekologik toza hududga aylantirish uchun zarur talablarga javob bera oladigan bo‘lishini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

 

“O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish“ loyihasi doirasida Chortoq shahrida amalga oshiriladigan ishlar bilan bir qatorda mahalliy budjet hisobidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan bunyodkorlik va infratuzilmani rivojlantirish ishlarini hamda atrof mahallalarda 2020 yil uchun mo‘ljallangan “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha bajariladigan ishlarni muvofiqlashtirish borasida kelishib olindi.

 

Jahon bankining Chortoq shahrini kompleks rivojlantirish loyihasi noyabr oyining oxirida ishga tushirilishi belgilandi. 2019-2021 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar samarasida Chortoq zamonaviy infratuzilmaga ega obod ekoshaharga aylanishi ko‘zda tutilgan.

 

Ma’lumot uchun, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining 100 million dollar krediti hamda O‘zbekistonning 24,1 million dollarlik ulushi bilan hayotga tatbiq etilayotgan ushbu loyihaning tajriba-sinov shaharlari sifatida Toshkent viloyatining Yangiyo‘l, Buxoro viloyatining Kogon va Namangan viloyatining Chortoq tumanlari belgilangan.

06.11.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar