2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Toshkentda 19 nafar mahkum ozodlikka chiqarildi

7 noyabr kuni poytaxtning to‘rtta tumani fuqarolari uchun sayyor qabul uyushtirildi. Prezident Adminstratsiyasi va Prezident xalq qabulxonasi tomonidan tashkil qilingan mazkur tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, qator vazirliklar, korxona va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar mutasaddilari hozir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, sayyor qabulda oliy mahkama raisi o‘rinbosari X.Yodgorov boshchiligida tizim sudyalari ishtirok etdi.

Sud mutasaddilari tomonidan shu kuni jami 64 nafar fuqaro qabul qilinib, 28 nafarining murojaati joyida hal etilgandi, 22 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘n to‘rt nafar murojaatchining arizalari Oliy sud tomonidan nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

Ayni jarayonda sayyor sud majlislari o‘tkazilib, unda Toshkent shahar Yashnabod tumanidagi 64/51-muassasasida jazo o‘tayotgan 16 nafar mahkumning muddatidan avval jazodan ozod etishni so‘rab bergan arizalari ko‘rib chiqildi va qanoatlantirildi. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 165-(tovlamachilik), 168-(firibgarlik) moddalari bilan sudlanib, javobgarlikka tortilgan uch nafar mahkumning ham arizalari ko‘rilib, yetkazilgan moddiy zararlar qoplangani, jabrlanuvchilarning da’vosi yo‘qligi va boshqa qonunda qonunda kursatilgan yengilliklar inobatga olib, ularga nisbatan tayinlangan jazolar ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmaganiga almashtirildi va sud zalidan ozod etildi.

Bundan tashqari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga oid uchta nizo ham ko‘rildi. Ularning ikkitasi nikohdan ajratish, bittasi buzilgan uy-joy uchun tovon undirilishiga bog‘liq bo‘lib, er-xotinlar yarashganligi, kompensatsiya bo‘yicha esa kelishuv bitimi tuzilgani bois Oliy sud tomonidan ayni fuqarolik ishlari ish yuritishdan tugatildi. Shuningdek, ma’muriy tartibda uchta ish ko‘rilib, ikki nafar fuqaro ma’muriy jarimadan ozod qilindi, bir nafariga tayinlangan jarima jazosi kamaytirildi.

Oliy sud matbuot xizmati alohida qayd etdiki, qabulda muammolari hal bo‘lgan 28 nafar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yozma tashakkur bildirdi.

Sayyor qabullar davom etmoqda.

08.11.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar