2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident shaharlarni obod qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Farg‘ona shahridagi Mustaqillik mavzesida barpo etilgan ko‘p qavatli uy joylarni ko‘zdan kechirdi.

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 11 noyabrdagi «2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p qavatli uylarni qurish va rekonstruktsiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq o‘tgan yili bu mavzeda beshta 7 qavatli uy qurilib, foydalanishga topshirilgan edi. Ularda oilalarning yashashi uchun barcha zarur sharoit yaratilgan. Kvartiralar isitish qozoni bilan ta’minlangan, yo‘laklarga zamonaviy liftlar o‘rnatilgan. 

Bugungi kunda mavzeda joriy yilga rejalashtirilgan 10 ta uy qurilishi jadal davom etmoqda. 2019 va 2020 yillarda bu erda yana 19 ko‘p qavatli uy qurilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bu erda umumta’lim maktabi, bog‘cha, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, ko‘p qavatli avtoturargoh barpo etish mo‘ljallangan. 

Shu erda dastlab Farg‘ona shahrining Bosh rejasi haqida ma’lumot berildi. Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarini rivojlantirish, viloyatda ichimlik suv va oqova tarmoqlari, shaharlardagi ko‘p qavatli uylarni isitish tizimini yaxshilash loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. 

Prezidentimiz loyiha-takliflarni ma’qullab, qurilish ishlarini sifatli bajarish, shahar mavzelarini obod qilish, yangi turar joylarni jahon arxitekturasi yutuqlari asosida bunyod etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoevning Farg‘onaga ikki kunlik tashrifi nihoyasiga etdi.

13.06.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar