Joriy yilning 13-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi T.A.Xudayberganov rahbarligida Bo‘z, Baliqchi, Ulug‘nor, Shahrixon tuman fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi.
O‘tkazilgan sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari I.Djurayev tomonidan ta’limga oid murojaatlar muhokama qilindi. Murojaatlar soni jami 3 ta bo‘lib, shundan 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, 1 ta murojaatga tegishli tartibda tushuntirish berildi.
Bo‘z tumanidagi 19-maktabga tashrif davomida obodonlashtirish, issiqlik tizimining holati, o‘quv jarayonlari bilan tanishildi. Maktab rahbariga ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, 5 ta muhim tashabbus asosida ta’lim muassasasida ish tashkil etish, o‘quvchilar bilim samaradorligini oshirish, pedagoglar o‘z ustida muntazam ishlashi bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Shu bilan birga, maktabda isitish tizimida ta’mirlash ishlari oxiriga yetkazilmaganligi sababli barcha muammolarni bartaraf etish yuzasidan topshiriq berildi.
Shahrixon tumanidagi 57-maktabga tashrif davomida maskanning ta’mirtalab bo‘lgan oshxona va sport zal binolarini homiylik asosida ta’mirlab, 5 ta muhim tashabbus asosida to‘garaklar tashkil etish vazifasi topshirildi.
Shu bilan birga, maktabda isitish tizimida ta’mirlash ishlari oxiriga yetkazilmaganligi sababli quruvchilar bilan suhbat o‘tkazildi. Mazkur muammolar bo‘yicha 16-noyabrga qadar barcha ishlarni bartaraf etish, 2020-yilga dasturga tushirish yuzasidan topshiriq berildi.
Shuningdek, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri hamda maktab direktoriga ta’lim sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha bir haftalik reja tuzilib, shu asosda ish tashkil etish vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, ikkita maktab pedagogik jamoasi bilan suhbat o‘tkazilib, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, xususan xalq ta’limi tizimidagi o‘zgarishlar yuzasidan ma’lumotlar yetkazildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |