Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilot rahbarlari bilan birgalikda Qumqoʻrgʻon tumaniga tashrif buyurib, tumandagi “Navroʻz“, “Surxon sohili“, “Yangi shahar“ mahalla fuqarolarining murojaatini oʻrgandi. Jumladan, “Yangi shahar” mahallasi Ibn Sino koʻchasidagi koʻp qavatli uylarda yashovchi 78 nafar fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bildirilgan fikr, mulohaza va murojaatlar asosida bir qator muammoli masalalar mavjudligi, jumladan, elektr energiya, ichimlik suvi va tabiiy gaz taʼminoti, uy-joylarni taʼmirlash, uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratish, ijtimoiy hamda obodonlashtirish sohalaridagi muammolari koʻrib chiqildi.
“Navroʻz“ mahallasidagi muloqot davomida ham 132 nafar aholi tomonidan oʻrtaga tashlangan turli muammolar, talab va takliflar tinglandi. Yoʻl, suv muammolari, mahallada zovur qazish , maktabgacha taʼlim tashkiloti qurish boʻyicha bir qancha murojaatlar qayd etildi.
Shu kunning oʻzida muammolarni hal qilish ishlariga kirishildi. Ibn Sino koʻchasidagi koʻp qavatli uylar atrofida bolalar maydonchasi, beton yoʻlaklar va tandirxona qurish, “Navroʻz” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 3 km. ichki yoʻllarni taʼmirlash, ushbu mahalla hududidagi eskirgan elektr ustunlari oʻrniga beton ustunlar va 2 (ikki) dona yangi 250 KVAli transformator punktini oʻrnatish, 74 km. uzunlikdagi zovurni qazish, tozalash ishlarini amalga oshirish boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.
Bundan tashqari, T.Bobolov aholi xonadonlarida boʻlib, ularning yashash sharoitlari bilan ham tanishdi. Jumladan, “Yangi shahar“ mahallasida istiqomat qiluvchi Rohila Erqulova xonadonida boʻldi. 13 yoshli nogironligi boʻlgan bolasini parvarishlayotgan ushbu ayol bilan suhbatlashib, sovgʻalar ulashdi. Shuningdek, “Surxon sohili“ mahallasida yashovchi turmush sharoiti ogʻir boʻlgan Anor Anor Mardonaqulova holidan xabar olindi.
- Oʻtkazilayotgan sayyor qabullar xalq dardiga darmon boʻlayotganiga oʻzim misolimda toʻla ishonch hosil qildim, - deydi Qumqoʻrgʻon tumani “Surxon sohili” mahallasida yashovchi Anor Mardonaqulova. – Koʻp yillardan buyon uch oila ikki xonali uyda istiqomat qilib kelayapmiz. Kam taʼminlangan, nochor turmush sharoitimizdan rosti, juda aziyat chekardik. Mahallada oʻtkazilgan sayyor qabul chogʻida uy-joyimizni qayta qurish uchun koʻmak soʻradim. Murojaatim inobatga olinib, tuman hokimligi tomonidan yangi uy-joy qurilishi boshlab yuborildi, hozir bu boradagi ishlar deyarli yakuniga yetib ham qoldi. Koʻrsatilgan bunday gʻamxoʻrlik, mehr-oqibatdan oʻzim hamda farzandlarim behad shodlandik, boshimiz koʻkka yetdi. Albatta, oʻyma-uy, xonadonma-xonadon yurib, aholi murojaatlarini tinglash, unga yechim topishga doir saʼy-harkatlar, olib borilayotgan xalqchil siyosat zamirida insonni ulugʻlash, uning manfaatlarini taʼminlashdek ezgu maqsad mujassam ekaniga shaxsan mening ishonchim ortdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |