Mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqni rozi qilishga qaratilgan. Bu borada joylarda o‘tkazilayotgan ochiq muloqot va sayyor qabullarning ahamiyati va samarasi katta bo‘lmoqda.
Jumladan, 2019 yil 2-3 dekabr kunlari Navoiy viloyatining, 4-5 dekabr kunlari Buxoro viloyati tuman va shaharlarida Oliy sud raisi o‘rinbosarlari X.Yodgorov, Oliy sud sudyalari tomonidan jami 460 nafar fuqaro qabul qilinib, ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi.
Natijada 51 nafar fuqaroning nazorat tartibidagi shikoyati, 4 ta kassatsiya shikoyati, 3 arizalar qabul qilinib, tegishli sud instansiyasida ko‘rish uchun berildi.
89 ta murojaat bo‘yicha tushuntirish berilgan bo‘lsa, 315 nafar (68,5 %) fuqarolarning murojaati joyida ijobiy hal etildi.
Shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan, ijobiy tavsiflangan, axloqan tuzalish yo‘liga o‘tgan jami 120 nafar mahkumlar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinib, oilasi bag‘riga qaytarildi.
61 nafar mahkumlarning jazolari yengilroq turdagi jazoga almashtirildi. 6 nafar mahkum sud zalidan ozod qilindi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar tugatilib, 54 nafar fuqaro ma’muriy jazodan ozod qilindi.
Ajrim yoqasiga kelib qolgan, jami 74 nafar farzandi bor 48 ta oila yarashtirildi.
Shuningdek, ushbu kunda tadbirkorlik sub’ektlarining himoyasiga oid 5 ta ish ko‘rilib, ularning foydasiga 547 million so‘mdan ziyod mablag‘ undirildi.
Bundan tashqari, Navoiy viloyatida iqtisodiy ahvoli nochor, kasalmand va nogiron 4 ta, Buxoro viloyatida 61 ta oilaga borib, ularga moddiy yordam ko‘rsatildi. Nogironlar kuni munosabati bilan Buxoro viloyati ayollar Muruvvat uyiga borilib, sovg‘alar tarqatildi, shuningdek bayram dasturxoni tuzab, osh tarqatildi. 4 nafar fuqaro ishga joylashtirildi.
Qabuldan so‘ng 130 nafar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga tashakkurnoma yozib qoldirdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |