2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bosh prokuror Qoraqalpog‘istonda sayyor qabul o‘tkazdi

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev tomonidan Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan sayyor qabulda 25 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilindi.

Prokuratura organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ommaviy sayyor qabullar hamda videokonferentsaloqa orqali qabullar o‘tkazib, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish, ularning muammolarini hal etishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘tkazilayotgan qabullarda fuqarolarning bir necha yillardan buyon o‘zining echimini topmayotgan muammo va takliflarini joyida hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 9 dekabrda Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida sayyor qabul o‘tkazilib, jami 25 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilindi (murojaatlarning 3 tasi sud masalalari, 1 tasi prokuratura va 1 tasi ichki ishlar organlari faoliyatlariga hamda 20 tasi boshqa masalalarga oid).

Fuqarolar tomonidan qabulda topshirilgan murojaatlar nazoratga olinib, qonuniy hal etilishi ta’minlanadi.

11.12.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar