2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Navbatdagi sayyor qabul Beruniy tumanida o‘tkazildi

Yildan-yilga farovonlashib borayotgan diyorimizda odamlarning bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashlari uchun tubdan islohotlar amalga oshirilayotir.

Ayniqsa, ularni qiynab kelayotgan muammoli masalalarga echim topish bugun har bir rahbar oldidagi muhim vazifa.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.Musaev tomonidan Beruniy tumanining eng chekka hududi bo‘lmish “Shimom ovul” fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida 117 nafar fuqaro tomonidan turli xil mazmundagi 40 murojaat kelib tushdi va ushbu murojaatlarning 23 tasi shu joyning o‘zida hal etildi. Murojaatlar asosan kommunal xizmatlar, ichki yo‘llar, bandlik, soliq va soliq to‘lovlari masalasida bo‘ldi.

– Davolanish maqsadida order olishim kerakligi haqidagi murojaatimni aytgandim, menga tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan shu erning o‘zida order rasmiylashtirib berishdi. Rahbarlarning mana shunday chekka ovullarga kelib, bizning xolimizdan xabar olayotganligi va muammoli masalalarimizga ijobiy echim topib berayotganligidan judayam hursandmiz, – deydi Shahnoza Matmuratova.

Sayyor qabul davomida, shuningdek, sektor rahbarlari tomonidan aholi uchun tashkil etilgan yangi yil oldi bayram yarmarkasi qishloqda hammaga birdek bayram shukuhini ulashdi. Bu erdagi oziq-ovqat mahsulotlarining bozorga nisbatan ancha arzon narxlarda sotilayotganligi ko‘pchilik uchun ma’qul tushdi.

Sayyor qabuldan so‘ng o‘z boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari va yangi yil sovg‘alari topshirildi.

– Rahbarlardan qabul davomida o‘zim yashab turgan uyimga suv tortish, elektr energiyasini o‘tkazish uchun yordam so‘ragandim va ular tez orada hal qilinishini aytishdi. Menga o‘xshagan ijtimoiy ta’minotga muhtoj oilalarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Bu biz uchun yangi yil oldi zo‘r sovg‘a bo‘ldi, – deydi Inobat Ametova.

Shuningdek, yurtimizda 22-dekabr kuni o‘tkazilishi kutilayotgan saylov jarayonlari yuzasidan saylov uchastkalarining tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

Aytish mumkinki, o‘tkazilayotgan mana shunday sayyor qabullar bugun yurtimida yana bir bor “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan hayotiy tamoyillarning amaldagi tasdig‘idir.

12.12.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar