Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi rahbarlik qilayotgan 3-sektor shtabida sayyor qabul oʻtkazdi.
Ichki ishlar vaziri 3-sektor shtabining Jizzax shahridagi “Oʻrda“ ekologik bogʻi hududida yaqinda foydalanishga topshirilgan yangi binosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Sektor idorasida murojaatlarni qabul qilish, hudud boshqaruvi tashkil etilishi uchun barcha qulaylik yaratilgan.
Yangi binoda “Oʻrda“ ekologik bogʻi uchun situatsion markaz ishga tushirilgan. Markaz tomonidan 42 gektarlik maydon bogʻ hududiga oʻrnatilgan 78 ta video uskuna orqali kuzatib turiladi. Yaqinda kuzatuv kameralari sonini 138 taga yetkazish koʻzda tutilgan.
Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov va Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev shahar va tumanlar hokimlari, davlat idoralari va jamoatchilik vakillari ishtirokida viloyat ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlarining 4 nafar rahbariga xizmat avtomobillarining kalitlarini topshirdi. Oʻz vazifalarini sidqidildan bajarayotgan 10 nafar ichki ishlar organlari xodimini maishiy elektrotexnika jihozlari bilan mukofotladi.
Shuningdek, tadbir davomida 16 yoshga toʻlgan 10 nafar oʻquvchiga fuqarolik pasportlari tantanali vaziyatda topshirildi. Fuqaroligi boʻlmagan 4 nafar kishiga Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq fuqarolik pasportlari berildi.
Ichki ishlar vaziri oʻtkazgan sayyor qabul davomida fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, jinoyat-qidiruv jarayonlarini tezlatish, jinoiy javobgarlikni yengillatish, ichki ishlar organlariga ishga joylashish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi. Vazirlik bilan bogʻliq murojaatlar joyida hal etildi. Boshqa murojaatlarni qonun doirasida hal etish tegishli idoralar masʼullariga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Sayyor qabuldan soʻng ichki ishlar vaziri P.Bobojonov 3-sektor hududidagi bir necha xonadonlarga kirib, oilalar vakillari bilan suhbatlashdi. Shuningdek, Zarbdor tumanida ham boʻlib, 3-sektor masʼullari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |