O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Kamilov Samarqand shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.
Oliy sud raisi, sudyalari, viloyat jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sudlari raislari ishtirokida tashkil etilgan sayyor qabulda sud ishi bilan bog‘liq 295 fuqaro o‘z muammo va takliflari bilan murojaat qildi.
Mamlakatimizda demokratik va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirish, odil sudlovga erishish, sud ishi yurituvi sifatini yanada yaxshilashga qaratilayotgan e’tibor yuksak samaralar bermoqda. Shu jihatdan sayyor qabul davomida viloyatimizda yashovchi fuqarolar, tadbirkorlik sub’yektlari vakillari, keksalar, xotin-qizlar tomonidan qabul qilingan yakuniy sud qarorlaridan qoniqmaslik, aliment, uy-joy masalasi ijrosidagi kamchiliklar, joylardagi mutasaddilarning chiqarayotgan qarorlaridan norozilik murojaatlari tinglandi, qayta ko‘rib chiqish uchun qabul qilinib, huquqiy tomondan yordam berildi.
Jumladan, 245 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 50 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |