2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Navoiy viloyatida adliya vazirining o‘rinbosari aholi bilan sayyor qabul o‘tkazdi

Mamlakatimizning barcha hududlarida inson manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga intilish, ularning orzu-niyatlari bilan qiziqish asosida munosib turmush sharoiti yaratishga doir sa’y-harakatlar izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, Adliya vazirining o‘rinbosari A. Tashkulov tomonidan Navoiy viloyatida aholi shu jumladan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari bilan sayyor qabullar o‘tkazilib, bunda fuqarolarni tashvishlantirayotgan, qiynayotgan masalalar o‘rganilib, joyida echimi topish choralari ko‘rilmoqda.


Sayyor qabulda fuqarolardan 20 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Ular, asosan, soliq, tadbirkorlik, bandlik va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bilan bog‘liq murojaatlar bo‘lib, aksariyati shu joyning o‘zida hal etildi, qolganlari ijroga qabul qilinib, adliya organlari tomonidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ayniqsa, aksariyat murojaatlarni videokonferentsaloqa tizimi orqali qabul qilinishi, Navoiy viloyatining barcha tuman (shahar)lari jumladan, olis Zarafshon shahri hamda Tomdi, Uchquduq tumanlarini qamrab olish imkoniyatini yaratdi.

Ommaviy qabulda xotin-qizlar tomonidan ko‘tarilgan muammolar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.


Bunda ular tomonidan ko‘tarilgan masalalarning asosiy qismi bandlikni ta’minlash, tijorat banklari kredit mablag‘lari ajratishni kechikayotgani, uy-joy ta’minoti va ijtimoiy himoya borasida bo‘ldi.

Jumladan, Karmana tumanida yashovchi Yu.Rasulova 9 yoshga to‘lgan farzandi haligacha tug‘ilganlik guvohnomasini yo‘qligi sababli turli xil qiyinchiliklarga duch kelayotganligi ma’lum qilib, bu borada amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati, shu joyning o‘zida hal etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilishiga ko‘maklashildi.

Shuningdek, Navoiy shahrida yashovchi N.Davronovaning meros ishi bo‘yicha qilgan murojaatini ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Bunday muloqotlar aholi muammolarini bartaraf etilishiga, yashash sharoitini engillashtirishga bevosita ko‘mak beradi.

 

 

 

 

25.12.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar