2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Viloyat hokimi sayyor qabul o‘tkazdi: Muammolar hal bo‘ladimi?

Joylarda o‘tkazilayotgan sayyor qabul va uchrashuvlar aholini qiynayotgan dolzarb muammolarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoevning Jondor tumani “Qaroli” mahalla fuqarolar yig‘ini Yangimozor qishlog‘ida o‘tkazgan sayyor qabulida ham muammolarga alohida e’tibor qaratildi.

Jondor shaharchasidan 30 kilometr olisda joylashgan mazkur qishloqda 1200 dan ziyod aholi yashaydi. Kattagina hududning ijtimoiy- iqtisodiy muammolari ham shunga yarasha ekan. Aholi vakillari rasmiylikdan xoli bo‘lgan uchrashuvni o‘zlarini tashvishga solgan muammolarning echimi topiladigan oshkora muloqot imkoniyati, deb bildi. 

Mehnat bandligi – kishilar farovonligini oshirish bilan bog‘liq muhim masalalardan biri. Ma’lum bo‘ldiki, mazkur yo‘nalishda Yangimozorda ahvol yaxshi emas. Hududda uchta fermer xo‘jalik bo‘lib, ularda atigi 17 kishi mehnat qilar ekan. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari soni ham sanoqli. Demak, vaqtincha ishsizlik muammosini hal etish imkoniyati kam. 
 
Muloqotda ayollar aynan shu masalani ko‘tarishdi. Ularga bu erdan 7 kilometr olis hududda barpo etilayotgan va zamonaviy texnologik usullar qo‘llanilayotgan issiqxonalarda ishlash taklif etildi.Tadbirda shaxsiy biznesini boshlaydigan yoshlarga ham tegishli sharoit yaratilishi ta’kidlandi.

–Men va dugonam Mushtariybonu uyda tikuvchilik bilan shug‘ullanamiz,- deydi Noila Niyozqulova.– Buyurtmalarni o‘z vaqtida bajarishimiz uchun zamonaviy ko‘p funktsiyali, narxi uch million so‘mdan ziyodroq turadigan tikuv mashinkasini xarid qilmoqchimiz. Ammo moliyaviy imkoniyatimiz yo‘q. Biz uchrashuvda ayni masalani ko‘tardik. Mutasaddilar, xususan, bank xodimlari kredit ajratishni tezlashtirishga yordam berishini aytdi.

Hududda aholiga maishiy va servis xizmatiga ehtiyoj katta. Uning echimi bormi? Hududdagi shirkat xo‘jaligining sobiq klubi bu borada yaxshi imkoniyat ekanligi nazarda tutilib, muassasa negizida qishloqda ana shunday xizmatlarni o‘z ichiga olgan guzar qurish masalasi o‘rganib chiqiladi va loyiha tashabbuskori qo‘llab- quvvatlanadi.

Yangimozor qishlog‘idagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 170 nafar o‘g‘il-qiz bilim oladi. Bilim maskanining asosiy o‘quv binosi bir necha yil ilgari mukammal ta’mirlangan. Ammo uning yonida 1982 yilda hashar yo‘li bilan qurilgan ob’ektda joylashgan va moslashtirilgan 90 o‘rinli o‘quv binosi ma’naviy eskirgan, zamonaviy me’morchilik talablariga javob bermaydi. Viloyat hokimi ta’lim muassasasiga borib o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan ham suhbatlashdi. Tanishuv asnosida 2020 yilda eski bino o‘rnida zamonaviy ta’limni AKTlar va davlat ta’lim standartlari asosida olib borish imkoniyatlari yaratiladigan yangi o‘quv binosi qurilishi rejalashtirildi. 

– Qishda va havoning salqin paytlarida jismoniy tarbiya hamda sport mashg‘ulotlari olib boriladigan sport zalimiz yo‘q edi, – deydi sportchi yoshlar vakili 10- sinf o‘quvchisi Abdurasul Hayitov. – Bu muammo hal etilishini orzu qilardik. Viloyat rahbari yangi o‘quv binosidan tashqari, zamonaviy sport zali qurilishini ham va’da qildi. Bu navbatdagi o‘quv yilida biz uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi.

Qishloqda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar, xususan, tug‘ma va yoshlikdan nogironligi bo‘lgan insonlarni qo‘llab -quvvatlash ham diqqat markazida bo‘ldi. Ular davolanishida yordam ko‘rsatish tegishli mutasaddilar zimmasiga yuklandi. Viloyat hokimi tavsiyasiga ko‘ra, shu kunning o‘zida salomatligida katta muammo bo‘lgan 5 nafar fuqaroning har biriga 5 million so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatildi.

Uchrashuvda aholi vakillari ichimlik suvi etishmovchiligi, ko‘p yillardan buyon ta’mirtalab bo‘lib qolgan yo‘llarni obod etish, bolalarning maktabgacha ta’lim muassasasiga to‘la qamrab olish bilan bog‘liq muammolar va boshqa dolzarb masalalarni ham o‘rtaga tashladi.

Ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanishga tizimli yondashilmagan muammolar hududda oz emasdi. E’tiborli jihati, ularning ayrimlari kun oxirigacha hal bo‘ldi. Masalan, bir kilometrdan ziyod yo‘l tekislanib, shag‘al yotqizildi. Yakkatutda yirik issiqxona qurgan tadbirkor G‘olib Ochilov 25 nafar kishini ishga qabul qildi. Ularga korxona avtobusi xizmat ko‘rsatadi.

Ta’kidlanishicha, qolgan masalalar echimi ham viloyat hokimi nazoratida bo‘ladi. Sayyor qabul doirasida qishloq xo‘jalik mahsulotlari, oziq-ovqa
t mollari yarmarkasi, tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Davlat xizmatlari agentligi hududiy bo‘limi, FHDYo ham o‘z xizmatlarini taklif qildi.
 

26.12.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar