2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
O‘zA ko‘zgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi aks etadi...

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryoning quyi qismida, Orol dengizining janubiy tomonida joylashgan bo‘lib, umumiy er maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat. Hudud aholisining soni 1 million 900 ming nafarga yaqin.

Prezidentimizning joriy yil avgust oyida Qoraqalpog‘istonga tashrifi doirasida 14 trillion 805 milliard so‘mlik 697 loyihani amalga oshirish, shuning hisobidan 14 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratish vazifasi belgilab berildi. Shundan bugungi kungacha 455 milliard so‘mlik 111, ya’ni joriy yilning o‘zida 16 foiz loyiha ishga tushirildi.

Qoraqalpog‘istonda o‘tgan yili byudjet prognozining ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan 1 trillion so‘m mablag‘ hududning o‘ziga qoldirildi. Bu mablag‘lar qishloqlarni obod qilish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, Madaniyat uylari, sog‘likni saqlash va sport ob’ektlarini ta’mirlash, ularning moddiy-texnik bazalarini mustahkamlash, eng og‘ir hududlarni obodonlashtirish kabi ezgu ishlarga yo‘naltirildi.

Quyida yakunlanayotgan 2019-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalarga qisqacha to‘xtalamiz.

Orol dengizining qurigan maydonlarida cho‘l o‘simliklarini ekish ishlari boshlandi. Unga 1500 ga yaqin ishchi kuchi jalb qilindi. 1 million 126 ming gektar maydonda jo‘yak tortish ishlari olib borildi va 461 ming gektar maydonda saksovul urug‘lari ekildi, ko‘chatlari o‘tqazildi. Keng qamrovli obodonlashtirish ishlarida 2 ta samolyot (AN-2) va 500 ga yaqin maxsus texnikalardan foydalanildi.

***

Orol dengizining qurigan maydonida chuchuk suv ko‘zlari topildi. Ushbu suv ko‘zlari kelgusida chorvachilik vabioxilmaxillikning rivojlanishida istiqbolli, deb topildi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali ish boshladi.

***

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan tumanda umumiy qiymati 1 trillion 485 milliard 176 million so‘mlik 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan 125 ta loyihani amalga oshirish belgilandi.

***

Mo‘ynoq tumanida “Mo‘ynoq akva sanoat” davlat unitar korxonasi tomonidan tumandagi yirik baliq konserva zavodi hamda zamonaviy bolalar oromgohi qurilish ishlari boshlandi.

Mo‘ynoq tumanida ilk bor “NavrUZ” etnofestivali o‘tkazildi.

***

“Qur’on ma’nolarining qoraqalpoq tilidagi tarjimasi va izohi” nomli kitob 8 ming nusxada chop qilindi.

***

Nukus shahrida reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan birinchi “Imkon” maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi.

***

Mo‘ynoqda Madaniyat uyi, “Orol” stadioni va amfiteatr foydalanishga topshirildi.

Norvegiya Orol dengizi hududi uchun 1,1 million dollar ajratdi.

***

Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali faoliyat boshladi.

***

Ustyurtda yangidan 3 ta gaz koni ochildi.

***

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yil 2 avgust kuni “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to‘g‘risida”gi (“Jasliq” qo‘rg‘onida joylashgan) qarorni imzoladi.

***

Ellikqal’ada besh maktab foydalanishga topshirildi.

***

Nukusda yiliga 50 ming dona yarim avtomat kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarish korxonasi ishga tushdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 20-21-avgust kunlari Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida hududda keyingi 3 yil ichida jami qiymati 14 trillion 805 milliard so‘mlik 697 loyihani amalga oshirish belgilandi. Shuning hisobidan 14 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish mo‘ljallangan.

***

Qoraqalpog‘istonda chorvachilikka ixtisoslashtirilgan “Bo‘zotov” tumani qayta tashkil qilindi.

***

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Musa Erniyazovga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berildi.

***

“Nukus” erkin iqtisodiy zonasi tashkil qilindi.

***

Qanliko‘lda “Yoshlar markazi” foydalanishga topshirildi.

***

Nukusda zamonaviy kino-kontsert zali foydalanishga topshirildi

Nukusda “Orolbo‘yi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi.

***

“Miskin-Nukus-Beyneu” poezdining harakati yo‘lga qo‘yildi.

Nukus xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy qilindi.

***

Nukus shahrida 168 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy Prezident maktabi ochildi. Bu maktabning qurilishi uchun mahalliy byudjet hisobidan 83 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Nukus shahrida eng yirik loyihalardan biri “Nukus Siti” majmuasi uchun er maydoni ajratildi. Bosh reja tasdiqlanib, qurilish ishlari boshlab yuborildi. Yaqin kelajakda “Do‘stlik” kanalining qirg‘og‘idagi “Nukus Siti”da 16-20 qavatli uylarni ko‘rish mumkin.

Dekabr oyida Orol dengizining qurigan maydonidagi 700 ming gektar erda “yashil qoplama“ – himoya o‘rmonzorlari barpo qilish ishlari boshlab yuborildi. Bu ishlarga viloyatlardan, shahar va tumanlardan mingga yaqin texnika va mexanizmlar, 4 dona kichik samolyot, 2 ming 500 dan ortiq ishchi ishtirok etishi kutilmoqda. Ekish ishlari uchun 61 million dona saksovul, qandim va boshqa cho‘l o‘simliklari ko‘chatlari tayyorlangan. Bunga qo‘shimcha viloyatlardan 45 million donadan ortiq ko‘chatlar olib kelinishi kutilmoqda.

 

2_Орол_денгизининг_қуриган_майдонларида.JPG

 

7_Орол_денгизининг_қуриган_майдонида.JPG

 

21_Мўйноқ_туманида_ўтказилган_этнофестивал.JPG

 

16--Мўйноқ туманини комплекс.JPG

 

23_Нукус_шаҳрида_реабилитация_марказига.jpg

 

31_Нукусда_замонавий_кино_концерт.jpg

 

34_Нукусда_утказилган_«Оролбўйи.jpg

 

36_«Мискин_Нукус_Бейнеу»_поездининг.jpg

 

39-Президент мактаби.JPG

 

43-“Нукус Сити” мажмуаси.jpg

 

01.01.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar