Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev shahar va tumanlarda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning muammolarini, taklif va tashabbuslarini amaliy hal etishga kirishdi.
Bugun yoshlarning shijoati, g‘ayrati boshqacha. Ular yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, ilm va kasb-hunar sirlarini o‘rganishga astoydil harakat qilmoqda. Yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, jiddiy islohotlar boshlangan.
Hududlarda yoshlar bilan tashkil etilayotgan muloqotlarda ularning orzu-maqsadlari bilan o‘rtoqlashilib, tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda. Eng asosiysi, ular yangicha fikrlashni, har bir sohada o‘z iqtidoriga ega ekanini amalda ko‘rsata olayapti.
Viloyat hokimining Beshariq va O‘zbekiston tumanlarida yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi ortiqcha rasmiyatchilikdan xoli bo‘lib, samimiy muloqot tarzida kechdi. Yoshlarga o‘zlarini qiynayotgan muammolari va orzu-maqsadlarini bayon etish imkoniyati yaratildi.
Beshariq tumanida bugungi kunda 63 mingdan ziyod yosh istiqomat qilayotgan bo‘lib, ular turli yo‘nalishlarda muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. Shu bilan birga, tumanda yoshlar bandligini ta’minlash, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatning oldini olishda muammolar bor. Viloyat rahbari ana shu kabi muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratdi.
O‘zbekiston tumani yoshlari ham ochiq muloqotda ko‘plab tashabbuslarni ilgari surdi. Uch karra O‘zbekiston chempioni Zeboxon Qahhorovaning taklifi bilan tumanda baydarka va kanoeda eshkak eshish sporti bazasi tashkil etiladigan bo‘ldi. Axborot-kutubxona qurish uchun viloyat hokimligi zaxira jamg‘armasidan 700 million so‘m pul ajratildi. Yosh tadbirkorlarning asosli loyihalariga imtiyozli kreditlar ajratiladigan bo‘ldi.
Uchrashuvda viloyat rahbari yoshlarning adabiyotdagi bilimlarini ham sinovdan o‘tkazdi. Xusrav Dehlaviy, Anbar Otin, Zebiniso, Muqimiy g‘azallarini yoddan aytib bergan yoshlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Rasuljon Ro‘zimatov esa “Qo‘qon ushshog‘i” qo‘shig‘ini mahorat bilan ijro etib, barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Qiziqarli takliflar ham aytildi. Masalan, “Yosh tarixchilar” ko‘p bosqichli tanlovini o‘tkazish, mahalla fuqarolar yig‘ini binosida huquqiy savodxonlikni targ‘ib etish xonasi ochib, uni zarur hujjat va adabiyotlar bilan ta’minlash, yoshlarga bo‘sh yotgan qir-adirlardan tutzor tashkil qilish uchun yer ajratib berish kabi masalalar o‘rtaga tashlandi.
Bu kabi uchrashuvlar barcha shahar va tumanlarda sektor rahbarlari ishtirokida ham o‘tkazilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |