2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Tikuv-trikotaj majmualari: Tayyor mahsulotning 30 foizi eksportga yo‘naltirilmoqda

Keyingi yillarda bu ko‘rsatkichni 80 foizga yetkazish yuzasidan “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatida aniq va samarali mexanizm ishlab chiqilgan

Yurtimizda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan tovarlar hajmi va turini kengaytirish choralari ko‘rilmoqda. Bunda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari o‘rtasida bozor munosabatlarini shakllantirish, zamonaviy klasterlarni joriy qilish va aholi bandligini oshirish doimiy e’tiborda.

 

“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini yangi O‘zbekistonning yangi islohotlari shiddatiga moslashtirish, olis hududlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bandligini ta’minlashda Prezidentimizning 2019 yil 28 maydagi “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etmoqda. Unga ko‘ra, 2019-2021 yillarda 271 tikuv-trikotaj majmuasi tashkil etib, xotin-qizlar uchun 81 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan.

 

– Ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi va innovatsion texnologiyalar asosida ushbu majmualarning namunaviy loyihasi ishlab chiqilgani va hayotga joriy etilgani bu boradagi faoliyat samaradorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda, – deydi “O‘zpaxtasanoat“ aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshlig‘i Zafar Yuldashov. – Nihoyasiga yetgan 2019 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 78 majmua o‘rniga 111 tikuvchilik majmuasi barpo etilgani fikrimiz dalilidir. Ularning ishga tushirilishi natijasida 35 mingga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami vakillari, ayniqsa, xotin-qizlar doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi. Har bir majmuada yiliga o‘rtacha 3,6 million dona tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Hozirda ana shu mahsulotlarning 30 foizi eksportga yo‘naltirilayotgan bo‘lsa, keyingi yillarda bu ko‘rsatkich 80 foizga yetkaziladi.

 

Bunda mahalliy hokimliklar tomonidan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari mavjud, birinchi navbatda, “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan aholi punktlaridan yer maydonlari ajratilishiga jiddiy e’tibor qaratildi. Majmualar tadbirkorlik sub’ektlariga uzoq muddatlarga, ya’ni 60 oyga lizing va ijara shartlari asosida yillik 10 foiz stavkada mahalliy hokimliklar tavsiya va kafolatlari asosida berildi.

 

Hozirda hududlarda to‘qimachilik majmualarini tashkil etish bo‘yicha yirik loyihalar davom ettirilmoqda. Bunday majmualarga tikuvchilarni tayyorlash, malakasini oshirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda o‘quv kurslari tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar izchil amalga oshirilayotir. Joylardagi hokimliklar bilan birgalikda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohasi bo‘yicha kadrlarning ro‘yxati shakllantirilgani ham bejiz emas. Eng muhimi, bandligi ta’minlangan mahalliy xotin-qizlarning ertangi kunga, islohotlar samarasiga ishonchi mustahkamlanayotganidir.

 

Mazkur jarayonda ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarning kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga – har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida haq to‘lash tartibi qo‘llanilmoqda.

 

Qaror ijrosini so‘zsiz ta’minlash maqsadida 2020-2021 yillarda hududlarda yangi tikuv-trikotaj majmualari tashkil etiladigan joylarning aniq jadvali tasdiqlanib, 160 ta kompleksni barpo etish orqali yana 48 mingga yaqin ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

09.01.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar