Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari J.Aloydinov viloyatda istiqomat qilayotgan turli millat yoshlari bilan uchrashdi.
Namangan yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan muloqotda viloyat tojik, qirg‘iz milliy madaniyat markazlari rahbarlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi mas’ul xodimlari va jurnalistlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda dastlab Prezidentimizning 2019-yil 27-dekabr kuni poytaxtimizdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvi mazmun-mohiyati, unda jamiyat va yoshlar oldiga qo‘yilgan vazifalar, shundan kelib chiqib, 2020 yilda Namangan viloyatida yoshlar masalasida qilinadigan ishlar haqida so‘z bordi. J.Aloydinov bu borada ishtirokchilarga 2020 yil uchun qabul qilingan dasturda ko‘zda tutilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik siyosati ustuvor bo‘lgan mamlakatimizda barcha millat va elat yoshlarining teng huquqlilik asosida bilim olishi, sport, san’at, fan, madaniyat singari sohalarda iqtidorini rivojlantirishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani ta’kidlandi.
Tadbirda milliy madaniyat markazlari rahbarlari va faol yoshlar barcha millat va etnik diasporalar tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, milliy an’analari va urf-odatlarini saqlash hamda rivojlantirishga katta yordam berayotgani qayd etilib, ularga minnatdorlik bildirildi.
Uchrashuvda yoshlarning takliflari va mavjud muammolar yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalari asosida tegishli chora-tadbirlar belgilanishi ma’lum qilindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |