Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev Rishton tumanidagi “Cho‘ng‘ara” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, yoshlar va aholi bilan muloqot qildi. Bu erdagi bir qator muammolar amaliy hal etilib, ko‘plab xonadonlarga xursandchilik kirib keldi.
Aholisi o‘zbeklar va qirg‘izlardan iborat mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini anklav hudud hisoblanadi. Bu erda 1 ming 400 nafar aholi istiqomat qilayotgan bo‘lib, ular doimo hukumatimizning e’tiborida. So‘x daryosining suvidan cho‘ng‘araliklar etishtirgan devzira guruchi juda mashhur. Farg‘onaning bozoriga kirganlar, albatta, bu zaminda etishtirilgan guruchni surishtirib xarid qiladi. Shuningdek, bu erda muqaddas qadamjolar ham ko‘p. Xususan, “ Yigitpirim-Erxubbi” ziyoratgohi ana shulardan biridir.
Bu erning aholisi boshqa davlat chegarasidan o‘tishga to‘g‘ri kelganida katta muammoga duch kelardi. Endi u kunlar tushdek o‘tib ketdi. Prezidentimizning tashabbusi bilan Cho‘ng‘ara — Rishton yo‘lidagi rasmiyatchilikka barham berilib, aholi bu yo‘nalishda bemalol borib keladigan bo‘ldi. Bu yo‘llar ikki xalqning yaxshi kunlariga, bordi-keldilariga xizmat qilmoqda.
Viloyat hokimi Sh. G‘aniev qishloq yoshlari bilan uchrashib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Jasur Boborahimovga sport jihozlari olish uchun tijorat bank tomonidan 200 million so‘m imtiyozli kredit ajratiladigan bo‘ldi. Sevinchxon Mamazohidovning murojaati asosida qishloqdagi 44-umumta’lim maktabi 50 dona zamonaviy kompyuter jamlanmasi bilan ta’minlandi. Qishloq yoshlari va xotin-qizlari bepul Samarqand, Toshkent va Buxoro shaharlariga sayohat qiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, viloyat rahbari nuroniy otaxonlar bilan ham suhbatlashdi va ularga 50 dona yurtimizda ishlab chiqarilgan velosiped sovg‘a qildi.
–Biz cho‘ng‘araliklar Yurtboshimizdan, viloyat hokimligidan juda-juda minnatdormiz, – deydi qishloq oqsoqoli Solijon ota Muhammadiev. –Bugungi kunimizga shukronalar aytib, mamlakatimizning nurli kelajagini yaratish yo‘lida yoshlarimizga, o‘g‘il-qizlarimizga ibrat ko‘rsatishimiz kerak. Har doim davlatimizning e’tibor va g‘amxo‘rligini his etib turamiz.
Qishloqda 58-maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. 50 o‘rinli bu maskanda barcha sharoitlar yaratilgan. Viloyat hokimligi tomonidan o‘yinchoqlar va qo‘llanmalar tuhfa etildi.
259 nafar yigit-qiz tahsil olayotgan 44-maktabga esa kompyuter jamlanmalari, sport jihozlari, kitoblar va cholg‘u asboblari topshirildi.
-Biz qishloq yoshlarining quvonchi cheksiz, – deydi maktab o‘quvchisi Shahlo Abdullaeva. –Prezidentimizning 5 ta tashabbus asosida zarur bo‘lgan jihozlar va kitoblarning sovg‘a qilingani esa bizga katta imkoniyat bo‘ldi. Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bizni doimo qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Biz ham o‘z bilim va iqtidorimiz bilan bu ishonchni oqlaymiz.
Viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ham qishloqdagi muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishdi. Qishloq vrachlik punktida malakali shifokorlar ishtirokida tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan mahalla ahliga bir yilga etadigan dori-darmonlar berildi.
Tadbirkor Orzigul Kajaeva tikuvchilik tsexini tashkil etib, 34 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlashni niyat qilgan. Buning uchun viloyat hokimligi tomonidan unga tikuv mashinalari berildi.
Shu kuni 240 ta xonadon suyultirilgan gaz balloni bilan ta’minlandi. Tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarga 5 milliard so‘m kredit berilish tadbirlari belgilandi. Elektr-energiya, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va ichki yo‘llarni ta’mirlash rejalashtirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |