2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mutasaddi rahbarlar tog‘li qishloqlar muammosini o‘rganmoqda

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanining eng olis va tog‘li G‘urjak mahallasidagi Xo‘janqo qishlog‘ida foydalanilmay turgan bolalar oromgohi joriy yilda tubdan rekonstruktsiya qilinib, bolalar sog‘lomlashtirish maskani hamda ta’lim tizimi xodimlari uchun sihatgohga aylantiriladi.

Viloyat hokimi To‘ra Bobolov so‘lim qishloqda bo‘lib, oromgohning bo‘sh turgan eski bino va inshootlari holati bilan yaqindan tanishdi. Bu erda amalga oshiriladigan ulkan bunyodkorlik ishlari rejalashtirib olindi. 

Yo‘l-yo‘lakay qishloqdagi 54-umumta’lim maktabiga kirib, o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi. Talim muassasasida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Oppoq qorga burkangan qishloqda odamlar bilan uchrashib, ularni o‘ylantirayotgan muammolar o‘rganildi. Aholi tomonidan o‘rtaga tashlangan masalalarni hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Tog‘li hududdan qaytgan viloyat rahbari mutasaddilarga G‘oz, Oqtosh va Chorbog‘ qishloqlari aholisi bilan ham uchrashib, ularning hayotini yaqindan o‘rganish va munosib turmush hamda ish sharoitini yaratish bo‘yicha topshiriq berdi.

Shunga muvofiq viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari R.Pardaev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi xalq qabulxonasi mudiri A.Eshmurodov, viloyat tashkilot va idoralari rahbarlari aholi bilan yaqindan yuzma-yuz suhbat qilish uchun Chorbog‘ mahallasida bo‘ldi.

Ochiq muloqot chog‘ida tuman markazidan 65 chaqirim uzoqlikdagi Chorbog‘ va uning atrofidagi qishloqlar aholisining dardu-tashvishlari tinglanib, duch kelinayotgan muammolarni bartaraf etishga alohida etibor qaratildi. Aksariyat murojaatlar joyida o‘z echimini topdi.

– Hududimizda ichimlik suv muammosi mavjud, – deydi Chorbog‘ mahallasi raisi A.To‘raboev. – Ko‘p yillardan buyon bu masala echimini topmayotgan edi. Artezian qudug‘i qazilib, Navro‘z bayramigacha Chorbog‘ qishlog‘iga toza ichimlik suvi keladigan bo‘ldi. Mahallada uchta maktab bor. 45-umumta’lim maktabida sinflar etishmaydi. Sport zali yo‘q. Masullar qo‘shimcha bino va zamonaviy sport zali qurilishini kelgusi yil davlat dasturiga kiritishni va’da qildi. Qabul chog‘ida "Tez tibbiy yordam" bo‘limi, yo‘llarni ta`mirlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish, tijorat bankidan kredit olib, chorvachilik bilan shug‘ullanish kabi masalalar yuzasidan ham zarur choralar ko‘rildi. Bunday e`tibor qishning ayozli kunlarida odamlar ruhini ko‘tardi. 

Ochiq muloqot doirasida ishtirokchilar Ko‘hitang tog‘ tizmalari bag‘rida "Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati" aktsiyadorlik jamiyati tomonidan qurilgan Sherobod tsement zavodi va korxonaning yangi barpo etilgan issiqxonasida bo‘ldi. 

Bir gektar maydonda qad rostlagan zamonaviy issiqxonada gidroponika usulida 21 ming donadan ortiq eksportbop pushtirang pomidor ko‘chati parvarishlanmoqda. Mutaxassislarning aytishicha, Navro‘z arafasida dastlabki hosil yig‘ib olinib, xorijdagi buyurtmachilarga jo‘natiladi. Hozir bu erda Oqtosh, Vandob, Poshxo‘rt, Tuzkon kabi tog‘ qishloqlaridan 25 xotin-qiz va yoshlar ish bilan ta`minlangan. Zamonaviy kompyuter texnologiyalari orqali boshqariladigan issiqxonada yoshlar uchun yana 15 ish o‘rni yaratish mo‘ljallanayotir.

Sherobod tsement zavodida 1 ming 200 kishi mehnat qiladi. Ularning 70 foizi yosh mutaxassislardir. Korxona bir yilda 1 million 500 ming tonna portland tsement ishlab chiqaradi. O‘tgan yili qurilish uchun zarur sifatli xomashyoning 300 ming tonnasi xorijga eksport qilindi. Mutasaddilar viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari etakchiligida yosh mutaxassislar bilan uchrashib, yigit-qizlarning yutuq va muammolarini tingladi. Yoshlar ilgari surgan g‘oya va takliflarni birgalikda echish yo‘llarini izladi. 

Korxonaga yaqin hududda ko‘p qavatli uylar qurish, yoshlar uchun sport inshootlari barpo etish, yo‘llarni ta`mirlash, qishloqlarda tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, kutubxonaning kitob fondini boyitish singari masalalardagi murojaatlari bosqichma-bosqich hal etiladigan bo‘ldi.

 

2.jpg

3.jpg

 

17.01.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar